Nikolaus Heinrich von Schönfeld

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolaus Heinrich von Schönfeld
Nikolaus_Heinrich_von_Schonfeld
Nikolaus Heinrich von Schönfeld
Hayot davri 1733–1795–yillar
Tavalludi 1733-yil
Qoʻshin turlari Otliq askarlar
Unvoni General-leytenant

Nikolaus Heinrich von Schönfeld (1733–1795) – Birinchi koalitsiya urushi paytida 1792-1793-yillarda qoʻshinlarga qoʻmondonlik qilgan Prussiya generali boʻlgan. 1777-yilda u Germaniyaning Kassel shahrida Shoenfeld qal’asini qurgan va uni 1790-yilgacha yozgi turar joy sifatida ishlatgan. Keyinchalik bu binodan aka-uka Grimmlar foydalanishgan.

Harbiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1792-yil 20-sentyabrda Valmy jangida Schönfeld boʻlinmasi Friedrich Gisbert Wilhelm von Romberg va Otto Heinrich Friedrich von Borch boshchiligidagi brigadalardan iborat boʻlgan. Romburg Brunswick Nr.21 va Woldeck Nr.41 piyoda qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan, Borx esa Thadden Nr.3 va Romberg Nr.10 piyoda qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. Har bir qoʻshinda uchta batalon boʻlgan va har bir batalonga bittadan toʻp biriktirilgan[1].

1793-yil 28-noyabrdan 30-noyabrgacha Kaiserslautern jangida Schönfeld Kruza Crousaz Nr.39 nomli piyodalar qoʻshining 3 batalonini, Legat Nr.20 nomli qurolli askarlar batalonini, Jäger boʻlinmasini, Trier otliqlarini, Borstell Nr.7 va Lottum Dragunlar Nr.1 nomli otliq askarlar batalonidan har biridan 5 boʻlinmani va har birida 8 ta qurol boʻlgan bir necha artileriyalarni boshqargan. Trier otliqlaridan tashqari hammasi Prussiya qoʻshinlari boʻlgan[2].

Qal’asi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1777-yilda Schönfeld Germaniyaning Kassel shahrida Schönfeld qal’asini qurgan. U binoni 1790-yilgacha yozgi qarorgoh sifatida ishlatgan. Keyinroq qal’a bir necha marta qoʻldan-qoʻlga oʻtgan, chunki boshqalar uning jozibasiga oshiq boʻlishgan. 1800-yillarning boshlarida ushbu binodan foydalanganlar orasida aka-uka Grimmlar ham bor boʻlgan. Schönfeld qal’asi hali ham muzey sifatida mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Smith (1998), p. 63
  2. Smith (1998), p. 63

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]