Neytrofillar harakati va vazifalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neytrofillarning harakati - neytrofillarning suyak iligidan chiqib, oʻz vazifasini bajarishi va nobut boʻlishigacha boʻlgan davr.[1] Suyak iligidan qonga chiqqan neytrofillar oʻz harakati davomida ikki guruh boʻlib harakat qiladi. Ularning 50% miqdori periferik harakatdagi qonda aylanib yuradi. Qolgan 50% qismi esa yopiq mayda qon tomirlarda, yopiq kapillyarlarda, venulalarda, anastomoz tuzilmalarining endotelial hujayralariga birkkan holda boʻladi. Bu ikki guruh neytrofillari orasida doimiy almashinuv jarayoni yuz beradi. Bundan tashqari, suyak iligida qonda aylanib yurgan har bir neytrofil uchun 100tadan yetilgan zahira neytrofil saqlanadi[1]. Qachonki, qondagi neytrofil oʻlsa, granulotsitlarni indiktirlovchi omil aktivlansa yoki kortizol ta’siri oshsa bu zahira neytrofillar periferik qonga koʻplab chiqariladi. Granulositlar suyak iligidan chiqarilgandan keyin 8-10 soat davomida periferik qonda aylanib yurib, toʻqimalarga oʻtadi va hech qachon toʻqimadan qonga qaytib oʻtmaydi. Toʻqimaga oʻtgan neytrofil toʻqimada oʻz vazifasini bajaradi. (Masalan, fagositoz). Agarda ular fagositoz jarayonida ishtirok etmasa 4-5 kundan keyin qarib, oʻladi. Oʻlgan granulositlar toʻqima makrofaglari tomonidan parchalab yuboriladi. Oʻtkir infeksion kasalliklarda neytrofillarning umri bir necha soatgacha qisqarishi mumkin. Oʻlgan neytrofillar qoldiqlarining koʻplab miqdori ichaklar orqali najas bilan birgalikda yoki nafas sekretsiyasi jarayonlarida chiqarib yuboriladi. Qari neytrofillar quyidagi xususiyatlarga ega[1]:                                                                                                                                                    

  • harakatchalik yoʻqolgan                                                                                                                                                    
  • granulalari yomon boʻyaladi                                                                                                                                                        
  • yadrosining segmentlanganlik darajasi ortib ketadi.

Tasviri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vazifasi       [tahrir | manbasini tahrirlash]

Organizmni kirgan yot moddalar, bakteriyalar va viruslardan himoya qilishda monotsitlar bilan bir qatorda neytrofillar ham faol harakat qiladi. Ularning bu xususiyati quyidagi jarayonlar orqali ta’minlanadi:                                                                                                                

1. Fagasitoz – organizmdagi bakteriyalar va begona moddalarni yutadi va parchalab tashlaydi[2]     

2. Yalligʻlanish reaksiyalarini namoyon qilish. Bunda, neytrofillar tomonidan yalligʻlanish belgilari boʻlgan – vazodilyatatsiya va shish kabi belgilar yuzaga keladi. Bu jarayonlar neytrofillar tomonidan ishlab chiqilgan leykotriyenlar, prostoglandinlar, trombaksan va boshqa moddalar tomonidan ta’minlanadi.[3]                      

3. Isitma reksiyasini yuzaga kelishi – bu jarayon neytrofillardagi endogen pirogenlar ta’sirida yuzaga keladi. Organizmga bakteriya tushgandan keyin unga javob sifatida endogen pirogen moddalar faol ajrala boshlaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Indu Khurana, Arushi Khurana: Textbook of medical physiology; 2nd edition, 2009.
  2. Edwards SW (1994). Biochemistry and physiology of the neutrophil. Cambridge University Press. p. 6. ISBN 978-0-521-41698-6.
  3. Berman, L. B.; Schreiner, G. E.; Feys, J. O. (1956-11-22). "Observations on the Glitter-Cell Phenomenon". New England Journal of Medicine. 255 (21): 989–991. doi:10.1056/NEJM195611222552104. ISSN 0028-4793.