New Times (jurnal)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fayl:New Times magazine cover.png
Sikli Ikki haftalik
Nashr soni 350,000
Noshir George A. Hirsch
ISSN 0092-2463

"New Times" Amerikada 1973-yildan 1979-yilgacha George A.Hirsch rahbarligida nashr qilingan ikki haftalik jurnal edi[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hirsch dastlab „New York“ jurnalida noshir boʻlib ishlagan, ammo keyinchalik u „New York“ jurnalining asoschisi va muharriri Clay Felker bilan ziddiyatga borib qoladi va ishni tashlab ketadi. Hirsch keyin oʻzi mustaqil jurnal chiqara boshlaydi va uni „New Times“ deb nomlaydi. „New Times“ jurnali dastlabHarper“ va "The Atlantic" jurnallari oʻrtasida koʻprik vazifasini bajaruvchi kichik jurnal vazifasini bajargan. "New Times" jurnalining birinchi soni 1972-yil oktyabr oyida chiqarilgan[3]. Dastlab, jurnalda davrning eng mashhur „yangi jurnalistlari“, jumladan Jimmy Breslin, Pete Hamill, Jack Newfield, Mike Royko va Dick Schaap haqidagi maqolalar bor edi.

Biroq, jurnalning reklama daromadlari orqada qolganligi sababli, katta nomlar haqida maqolalar yozish tez orada toʻxtatildi. Jonatan Z. Larsenning muharrirligi ostida „New Times“ jurnali maqolalar mavzusini tergov va Markaziy razvedka boshqarmasiga faoliyatiga qaratdi[4]. Shundan soʻng jurnal Kongress qoʻmitalar, siyosiy josuslik,Mary Pinchot Meyerning oʻldirilishi, diniy taʼlim yoki psixologik taʼlim tizimi[5] va John F. Kennedy suiqasdi kabi mavzulardagi maqolar chiqara boshladi. „New Times“ jurnali noshirlari hali yosh mualliflar va media arboblari boʻlishgan. Ular orasida Geoffrey Wolff, Frank Rich, Nina Totenberg, Harry Stein, Roger Rapaport, Sam Merrill, David Black, Robert Ward, Tony Schwartz, Marshall Frady, J. Anthony Lukas, Joe McGinniss, Mike Royko, Studs Terkel, Nicholas von Hoffman kabilar bor edi[6][7].

Jurnalning keyingi sonlarida Prezidentlik minbari ortidagi „Bozo the Clown“, oʻsha paytdagi Prezidenti Gerald Fordning siyosiy xatolari va omadsizliklari haqida keng sharhlar berilgan.

"New Times" jurnali faoliyati davomida deyarli moliyaviy jihatdan yetarlicha foyda keltirmagan. Shuning uchun Hirsch jurnalni yopishga qaror qilgan. Jurnalning oxirgi nashri 1979-yil 8-yanvarda chop etilgan[8][9]. Hirsch "New Times" jurnalining davomchisi sifatidaThe Runner“ jurnalini[10] nashr eta boshlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „List - New Times“. pastpaper.com.
  2. David Armstrong. A Trumpet to Arms: Alternative Media in America. South End Press, 1981 — 309 bet. ISBN 978-0-89608-193-2. 2016-yil 11-avgustda qaraldi. 
  3. „New Times magazine / selected pages“. Past Print (2013-yil 30-may). Qaraldi: 2016-yil 11-avgust.
  4. Cerny. „Electric Keeney Acid Test“ (2004-yil 22-sentyabr).
  5. Haldeman, Peter. „The Return of Werner Erhard, Father of Self-Help“. The New York Times (2015-yil 28-noyabr).
  6. „New Times: Journalists in Bars - News - The Harvard Crimson“. www.thecrimson.com.
  7. „Bio - Robert Ward“. www.robert-ward.com.
  8. „New Times magazine / selected pages“. Past Print (2013-yil 30-may). Qaraldi: 2016-yil 11-avgust.„New Times magazine / selected pages“. Past Print. May 30, 2013. Retrieved August 11, 2016.
  9. Egan, Jack; Kramer, Larry. „New Times Magazine Going Under This Year“. Washington Post (1978-yil 16-noyabr).
  10. Jerry Knight. „Firms Stumble After The Runner“. The Washington Post (1978-yil 2-mart). Qaraldi: 2016-yil 11-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]