Nevzat Tarhan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nevzat Tarhan
Tavalludi 1952-yil 7-iyul
Amasiya Merzifon
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Nevropsixolog
Ish joylari

Üsküdar Universiteti

Yüzüncü Yıl Universiteti

Adli Tibbiyot muassasasi
Institutlar Istanbul universiteti

Nevzat Tarhan (1952-yil 7-iyul) turk shifokori, psixiatr va nevropsixolog. Üsküdar Universiteti asoschisi va rektori. Turkiyadagi birinchi nevropsixiatrik shifoxona NPİSTANBUL Brain Hospital direktorlar kengashi raisi. Nevzat Tarhan shuningdek Turkiya-Amerika Nevropsixiatriya Assotsiatsiyasi Turkiya bo‘limi prezidenti[1].

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nevzat Tarhan 1952-yilning 7-iyulida Turkiyaning Amasiya viloyati Merzifon shahrida tug‘ilgan.  1969-yilda Kuleli harbiy litseyini va 1975-yilda Istanbul Universitetining Cerrahpaşa tibbiyot fakultetini tamomlagan. 1982-yilda Gulhane o‘quv tadqiqot kasalxonsida psixiatr bo‘lgan. 996-1999-yillar orasida Yüzüncü Yil universitetida o‘qituvchi va Sud tibbiyot institutida ekspert bo‘lib ishlagan. U o‘z xohishi bilan nafaqaga chiqib,1998 yilda Amerika Xotira markazining Turkiya vakili bo‘lgan[2].

Uning milliy va xalqaro jurnallarda chop etilgan 100 dam ortiq ilmiy maqolalari mavjud bo‘lib, shulardan 40 taksi SCI sinfidagi jurnallardir. Shuningdek Nevzat Tarhanning kitoblari 1 million nusxadan ortiq sotilgan. U ingliz va nemis tillarini biladi[3].

Ilmiy a’zolik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi Simpozium tahririyat kengashi a’zosi 2020-yil

Xulq-atvor fanlari va psixologiya jurnali - Tahririyat kengashi a’zosi 2018-yil

Üsküdar universiteti Ijtimoiy fanlar jurnali - maslahat kengashi a’zosi 2018-yil

Evropa Neyropsikofarmakologiya Kongressi (ECNP) - a’zo 2018-yil

Turk Amerika Nevropsixiyatriya Assotsiatsiyasi (TANPA) - Prezident 2017-yil

Anatolian Journal of Psychiatry - Maslahat kengashi a’zosi 2010-yil

Xalqaro Psixiatriya Assotsiatsiya (IPA) – a’zosi 2009-yil

Nyu-York Fanlar Akademiyasi - a’zosi 1997-yil

 

Nashr qilingan kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hujjatli psixologiya 2, (Yaxshilik, haqiqat va go‘zalliknini topish san’ati) 2022-yil

Donolik psixologiyasi 1, 2022-yil

Hz. Mavlono bilan oilaviy terapiya, 2019-yil

Neyroteologiya, Neyrologiyadan diniy fanga, 2018-yil

Asosiy va Klinik Psixiatriya, 2018-yil

Neyrofotonika va miya xaritasi, 2017-yil

Aqldan yurakka sayohat, 2012-yil

Ijobiy psixologiya, 2012-yil

Hissiyotlar psixologiyasi va hissiy intellekt, 2006-yil

Ayollar psixologiyasi, 2005-yil

Oila maktabi, 2004-yil

Stress va kasalliklar, 1990-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Nevzat Tarhan Biyografisi“. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  2. „Prof.Dr. K. Nevzat TARHAN“. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  3. „Arşivlenmiş kopya“. 26-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2020-yil.