Neustoyka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Neustoyka (rus.) — fuqarolik huquqida majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usullaridan biri; qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga toʻlashi shart boʻlgan pul summasi. Oʻzbekiston Respublikasining FK boʻyicha, N. toʻlash haqidagi talab yuzasidan kreditor oʻziga yetkazilgan zararni isbotlashga majbur emas. N. bilan faqat haqiqiy talab taʼminlanadi. Agar qarzdor majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar boʻlmasa, kreditor N. toʻlashni talab qilishga hakli emas. N. jarima yoki penya shaklida boʻladi. N. toʻgʻrisidagi kelishuv yozma shaklda tuziladi. N. toʻlash taraflarning keli-shuvida nazarda tutilgan yoki tutilmaganligidan qatʼi nazar, kreditor qonunda belgilangan N. (qonuniy N.)ni toʻlashni talab qilishga haqli. Qonuniy N.ning miqdori, agar qonun taqikla-masa, taraflarning kelishuvi bilan koʻpaytirilishi mumkin. NEF (frans. nef, lot. navis — kema) — meʼmorlikda interyerning uzun, yoʻlaksimon xonasi, bir yoki ikki yon tomonlari uzunasiga qator ustun yoki kolonnalgf bilan toʻsilgan qismi. Ibo-datxonalarning katta-kichikligi ulardagi N.larning soni bilan belgilangan. Ravoqsimon shakldagi N.lar 3 yoki 5 qismga boʻlinadi. Oʻrtadagi qismi bazilikanint asosiy xonasi hisoblangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil