Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Nepomnin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nepomnin Vladimir Yakovlevichdan yoʻnaltirildi)

Vladimir Yakovlevich Nepomnin (1906.9.1, Dnepropetrovsk – 1978, Toshkent) – tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970), tarix fanlari doktori (1962), professor (1963). Oʻrta Osiyo universiteti huquqshunoslik fakultetida (1934— 36), partiya ishlarida (1937-45) ishlagan. „Pravda vostoka“ gazeta muharriri (1946—48), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti direktori (1948-51), direktor oʻrinbosari (1951—57), Toshkent Davlat Universiteti kafedra mudiri (1965—70). Ilmiy ishlari Oʻzbekistonning 20-asr 1-yarmi tarixiga bagʻishlangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil