Nazir Safarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nazir Safarov (1905.9.1, Jizzax 1985.1.4, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1975). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Eski va yangi usul maktablarida oʻqigan. Samarqandda qishloq oʻqituvchilarini tayyorlash kursini tugatgach, Jizzax va Mitan (hozirgi Ishtixon) tumanlarida oʻqituvchilik qilgan (1920—24). Jizzax uyezd maorif tizimida (1925—27), "Qizil Oʻzbekiston" gaz. boʻlim mudiri, "Ishchi" gazeta (1929—32) va Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1932—35), adabiy maslahatchi (1947—53), Respublika kzsovxoz sayyor teatrida adabiy emakdosh (1938—39), Oʻzbekiston Davlat nashriyotida (1939—41), Toshkent kinostudiyasida direktor (1946—47). Ilk maqolalar toʻplami — "Yangi turmush uchun kurash" (Ziyo Said bilan hamkorlikda, 1930). Shundan keyin S.ning "Qora kunlar koʻlankasi" (1931), "Unutilmas kunlar" (1932) toʻplamlari chop etilgan. Dastlabki pyesasi — "Tarix tilga kirdi" (1931, Ziyo Sayd bilan hamkorlikda). "Uygʻonish" (1938), "Sharq tongi" (1948) pyesalarida 1916 yil Jizzax qoʻzgʻoloni, Oʻzbekistonda shoʻrolar tuzumi oʻrnatilishi aks ettirilgan. Safarov "Hayot maktabi" (1954), "Kimga toʻy, kimga aza" (1963), "Lukash botir" (1974, Yo. Xudoyqulov bilan hamkorlikda) kabi pyesalar muallifi.

Safarov urushdan keyingi yillarda "Ocherklar" (1950) toʻplami, "Oliyaxon Sultonova", "Xadicha Ahrorova" (1953), "Katta karvon yoʻlida" (1960), "Uzoqni koʻzlagan qiz" (1961), "Inson izi" (1971) singari qissa va ocherklarini yozgan. S.ning "Koʻrgankechirganlarim" (1968) avtobiografik qissasi va "Navroʻz" (1973) romanida 20 yillarda Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi qishloq kishilari hayoti tasvirlangan. S. ishtirokida "Uygʻonish" (1957) va "Yer farzandi" (1961) filmlarining ssenariylari yaratilgan.

Manbalar[tahrir]

  • Tanlangan asarlar [4 j.li], 1—4j.lar, T., 197477.

Adabiyot[tahrir]

  • Ubaydullayev Sh., Nazir Safarov, T., 1976.