Kontent qismiga oʻtish

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litsey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Navoi davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi oliy ta’lim muassasalari o‘qishga kiritish uchun kadrlarni maqsadli tayyorlaydi.

Akademik litsey tarixi

  • Navoiy davlat konchilik instituti qoshidagi 2-sonli akademik litseyi  O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2006-yil 5-iyuldagi  111-sonli buyrug‘i, Navoiy viloyati hokimligining 2006-yil   1- iyundagi 133-Q-sonli  qarori asosida tashkil etilgan.
  • 2017– Navoiy davlat konchilik instituti akademik litseyi
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”giPQ-186-son qarori bilan Navoiy davlat konchilik instituti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti etib qayta tashkil etildi hamda shu munosabat bilan akademik litsey Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi deb nomlandi.

2023-yilgi yutuqlar[tahrir

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan   bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq akademik litseyning matematika fani o‘qituvchisi Ulug‘berdiyeva Gulchehra Aliqulovna «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi
  • "Har haftada bir kitob mutolaa qilamiz" Hokim kubogi ta'lim muassalar tanlovida  NDKTU akademik litsey jamoasi viloyatda faxrli 1-o'rin bilan 2022-yil kitobxonlik tanlovining hokim kubogini qo'lga kiritdilar.
  • “Xorijiy tillar” yo‘nalishi 2-S-21 guruh o‘quvchisi Muhammadqulova Feruza 2023- yil 20-26-fevral kunlari bo'lib o'tgan "IbratWiki" oromgohi 1-mavsumida ishtirok etdi. Bu 2 ta loyiha "Ibrat farzandlari" va "Wiki Stipendiya" doirasida bo‘lib Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.
  • An’anaviy Ushu sport turi bo’yicha O‘zbekiston chempionatida 1 “N”-22 guruh o’quvchisi Zokirov Ozod faxrli 3-o’rinni egallab, O‘zbekiston Respublikasi siyosati va sport vazirining diplomi va bronza medali bilan taqdirlandi.
  • 2022-yil sentyabrdan har semestrda ta’lim muassasasida tahsil olayotgan iqtidorli 10 nafar o‘quvchilar “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi bilan, 5 nafar o‘quvchilar “Rektor stipendiyasi”  bilan taqdirlandilar.
  • 2023 yilning 3-noyabr kuni Besh tashabbus olimpiadasi sportning shashka turi bo‘yicha hududiy bosqich final musobaqasi professional ta’lim muassasalari hamda akademik litseyi o‘g‘il va qiz bolalari o‘rtasida o‘g‘il bolalar  o‘rtasida ta’lim muassasasi 2-D-22 guruh  o‘quvchisi  Sayfiddinov Sayfulloh  1-o‘rinni hamda  qiz  bolalar o‘rtasida  2-S-22 guruh   o‘quvchisi Hamraqulova  Zilola  1-o‘rinlarni  egalladilar. Musobaqada 1-o‘rinni olgan o‘quvchilar  Yoshlar siyosati va sport vaziri A.Ikromov va Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonovlarning diplomi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
  • Yoshlar markazida 2023 yilning 4-noyabr kuni Besh tashabbus olimpiadasi sportning shaxmat turi bo‘yicha hududiy bosqich final musobaqasi professional ta’lim muassasalari hamda akademik litseyi o‘g‘il va qiz bolalari o‘rtasida o’g‘il bolalar o’rtasida ta’lim muassasasi o‘quvchisi 1-E-23 guruh o’quvchi  Xoliqulov G‘ulom  2-o‘rinni egallab Yoshlar siyosati va sport vaziri A.Ikromov va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonovlarning diplomi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
  • Nuriddinova Zilola Jahongir qizi Fizika fanidan viloyat olimpiadasida faxrli III o‘rinni egalladi
  • 1-kurs o‘quvchisi Temirov Bexruzbek Jamshid o‘g‘li asosiy fan olimpiadasining III-viloyat bosqichida Kimyo fanidan 3-o'rinni egalladi
  • NDKTU akademik litseyining  2-S-22 guruh o‘quvchisi Hamroqulova Zilola Nemis tili fanidan o‘tkazilgan fan olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi
  • “Aniq fanlar” iqtisod yo‘nalishi 1-F-23-guruh o‘ ‘quvchisi Yuldoshmurodov Shaxriyor Zoxidjonovich “Scientifik Akademy” Ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 17-sentyabrdagi №11–sonli buyrug‘iga asosan,  MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy tanlovda qatnashib “Faol tadqiqotchi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lib, esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
  • 2-S guruhi ò‘quvchisi Abduxalilova Charos Top 100 universitetlardan Arizona shtatidagi Arizona Universitetiga Jurnalistika yò‘nalishi bò‘yicha 23000$ lik grand asosida, Minnesota Twin cities hamda British Management Universitetiga 20% grand asosida ò‘qishga qabul qilindi.

O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar

O‘quvchilaruchunmaksimalqulaylikyaratishmaqsadida ta’lim muassasasi o‘quv binosi 720 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 24 ta o‘quv xonasi jumladan,  5 ta lingofon xonasi, 2 ta biologiya laboratoriya xonasi, 2 ta ximiya laboratoriya xonasi, 2 ta fizika laboratoriya xonasi, 2 ta kompyuter xonasi, 22 000 dan ortiq kitob fondiga ega bo‘lgan axborot kutubxona markazi, 150 o‘rinli oshxona, 180 o‘rinli faollar zali va 18x36 o‘lchamli sport zal, qishki va yozgi sport maydonchalari mavjud.

Xalqaro aloqalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrda “Iqtidorliyoshlarnisaralabolishtizimivaakademiklitseylarfaoliyatinitakomillashtirishchora-tadbirlarito‘g‘risida”gi4910-sonli qarorida belgilanganmaqsadliko‘rsatkichlargaerishishdaakademiklitseyningXalqarohamkorlikbo‘liminingo‘rniyanadaoshmoqda.

Akademik litseyning xalqaro faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

“Xorijiy tillar” kafedrasida 2023-2024 o‘quv yilida 14 nafar pedagogik xodim faoliyat ko‘rsatadi. Shulardan 10 nafari ingliz tili fani o‘qituvchisi, 2 nafari nemis tili fani o‘qituvchisi, 2 nafari rus tili fani o‘qituvchilari faoliyat ko‘rsatib kelyapti. 7-nafar bosh o‘qituvchi , 2 nafar yetakchi o‘qituvchi , 3 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar  mutaxasis o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Ingliz tili fan o‘qituvchilaridan Bafoev Farrux  xalqaro IELTS 8,5 sertifikatiga,Shodiev Miryoqub IELTS 8, Yakubova Kamola, Axmadov Ravshan,Temirova Sayyora, Hasanova Zarina va Akobirova Kamola C1 darajadagi milliy sertifikat, Bozorov Xamid C1 darajadagi APTIS sertifikati, rus tili fani o‘qituvchilari Axmedova Xurshida va Qurbonova Yulduz C1 sertifikatlariga ega bo‘lishdilar. Bu o‘qituvchilarga qarorda ko‘rsatilganidek har oylik maoshlariga 50% ustama to‘lab borilmoqda. Ingliz tili fani o‘qituvchisi BafoyevFarrux o‘qituvchilar uchun The 2021 Fulbright Teaching Excellence and Achievement (THA) Program dasturida g‘olib bo‘ldi. AQShda joylashgan oliy ta’lim muassasasida 6 hafta davomida malaka oshirish kurslarida ishtirok etib keldi.

Ingliz tili fani o‘qituvchisi Shodiev Miryoqub 2023-2024 o’quv yilida o‘qituvchilar uchun The 2024 Fulbright Teaching Excellence and Achievement (THA) Program dasturida g‘olib bo‘ldi. 2024 yilning 1-fevraldan 15 martgacha AQShda joylashgan oliy ta’lim muassasasida 6 hafta davomida malaka oshirish kurslarida ishtirok etib keldi.

         Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash kafedra o‘qituvchilarining asosiy vazifasi bo‘lib qolmoqda. 1-S guruh o‘quvchisi Yaxshilikova Dilrabo Amerika Kengashlari “Kelajak liderlari almashinuvi” (Flex) dasturida qatnashib birinchi sinovdan o‘tdi va Samarqand shaxrida bo‘lib o‘tgan saralash imtixon jarayonida qatnashdi. 2-S guruhi òquvchisi Abduxalilova Charos Top 100 universitetlardan Arizona shtatidagi Arizona Universitetiga Jurnalistika yònalishi bòyicha 23000$ lik grand asosida, Minnesota Twin cities hamda British Management Universitetiga 20% grand asosida òqishga qabul qilindi. 2-S-22 guruh o’quvchisi Muzaffarova Gulasal Lazizjon qizi  Arizona Shtatidagi Arizona Universitetiga Biznes Management yònalishiga 23000$ lik grant asosida òqishga qabul qilindi.

Ayni paytda litseyda 1-2 kurs o‘quvchilaridan 234 nafar o‘quvchi chet tilini spes fan sifatida o‘qimoqda. Shundan 129 nafari 1-kurs o‘quvchilari, 105 nafari 2-kurs o‘quvchilari. % ga hisoblaydigan bo‘lsak bugungi kunga kelib 1-kurs o‘quvchilarining 129 nafar o‘quvchidan 41 nafari sertifikat olgan bu 32% ni tashkil qiladi.2-kurs o‘quvchilarining 105 nafar o‘quvchidan 95nafarisertifikatolganbu jami 2-kurs o‘quvchilarining 90% ni tashkil qiladi. Xorijiy til o‘qituvchilari bu kursatkichni 100% ga yetkazish uchun o‘quvchilar bilan muntazam ishlayapti.

2023 yil 1-10 noyabr kunlariNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Moliya-iqtisod bo'yicha prorektori N.B. Ashurova hamda NDKTU akademik litseyi ijrochi direktori F.R.Tadjitdinova joriy yilning Noyabr oyida Moskva shahriga o'zaro ta'lim sohasida tajriba almashinish maqsadida yuborilgan edi. Jumladan, unda F.R.Tadjitdinova М.Б.Ломоносов nomidagi Moskva Davlat universitetining Iqtisodiyot kafedrasida o'quv jarayonlari bilan tanishishdi.  Shu munosabat bilan, Moskva shahrida 1000-sonli umumta'lim maktabi hamda Kvint nomidagi "Yosh strateglar" faoliyatidan bahramad bo'lishdi.

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Moliya-iqtisod bo'yicha prorektori N.B.Ashurova va NDKTU akademik litseyi ijrochi direktori F.R.Tadjitdinovaning Moskva shahridagi hamkorlik davomida Sankt-petersburg shahriga 622-sonli umumta'lim maktabi hamda Metropoliten kolleji bilan birgalikda hamkorlik aloqalarini o'rnatishga muvaffaq bo'ldilar.

2024 yil Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Mintaqaviy va korporativstrategiyalar” kafedrasi dotsenti Kristina Chekullayeva  va NDKTU akademik litseyi o’quvchilari Botirov Shoxrux va Yuldoshmurodov Shaxriyor Rossiya davlatining Kemirova shahriga “Vladimir Kvintning yosh strateglar maktabi”ning 3–slyotida ishtirok etish uchun jo’nab ketdi.

Akademik litseylar reytingida nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasasalari professorlarini jalab etish bo‘yicha ko‘rsatkich mavjud bo‘lib universitetning kumagida 2022/2023-o‘quv yilida akademik litseyga Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetining Texnika fanlari doktori Dusebaev Baurjan Orazovichni, Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetining Texnika fanlari nomzodi Karpovich Dmitriy Semenovichlar shuningdek, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar-Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities reytinglarida birinchi 1000 ta o‘rinni egallagan oliy ta’lmi muassasalaridan litseyning ta’lim jarayoniga jalb etilgan.

Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities reytinglarida birinchi 1000 ta o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalari diplomlariga ega bo‘lgan mahalliy pedagoglardan Koreyaning Gachon universitetining ingliz tili magistraturani tamomlagan X.Allaev ta’lim jarayoniga jalb etilgan. Kelgusi o‘quv yilida bu o‘qituvchilar sonini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.

Xorijiy davlatlarning Oliy ta’lim muassasalari bilan birqa tor hamkorlik shartnomalari imzolandi:

NDKTUning Xitoy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti bilan 2022/2027-yillarga muljallangan memorandium, Ispaniyaning politexnika universiteti bilan 2023/2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomasining bandlarida litsey bilan hamhamkorlik nazarda tutilgan.

Xorijiy davlatlarning Respublikamizdagi Oliy ta’lim muassasalari bilan hamhamkorlik shartnomalari imzolangan. Jumladan: “JAPAN DIGITAL UNIVERSITETU”, “BRITISH MANAJMENT UNIVERSITETU”lari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.

“STANKIN” nomidagi Moskva davlat texnologiya universiteti bilan 2022-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomasi imzolangan.

Shartnoma ijrosini ta’minlash maqsadida “STANKIN” nomidagi Moskva davlat texnologiya universitetning xalqaro aloqalar markazi bilan onlayn seminar o‘tkazildi. 2022 yil 1-aprelda universitet tomonidan matematika, fizika, informatika, va rus tili fanlaridan mazkur universitetga o‘qishga qabul qilish maqsadida bitiruvchilar o‘rtasida xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.

Kafedralar

  • Aniqvatabiiyfanlar
  • Ijtimoiy gumanitar fanlar
  • Xorijiytillar

Yo‘nalishlari

  • 3910001-Aniq fanlar – 1
  • 3910002-Aniq fanlar – 2
  • 3920001-Tabiiy fanlar – 1
  • 3930005-Ijtimoiy gumanitar fanlar – 5
  • 3940000-Xorijiy tillar