Kontent qismiga oʻtish

Natyurmort va koʻcha

Vikipediya, erkin ensiklopediya

"Natyurmort va koʻcha" — golland rassomi Esherning ksilografiyasi boʻlib, birinchi marta 1937-yil mart oyida nashr etilgan va Kornelius Van S. Ruzveltning (inglizcha: Cornelius Van S. Roosevelt Collection'[1]) kolleksiyasida saqlanadi.

Bu rassomning " mumkin boʻlmagan reallik " (inglizcha: impossible reality) janridagi birinchi asari . Suratda bir-biriga bogʻliq boʻlgan ikkita syujet tabiiy koʻrinadigan, lekin ayni paytda umuman aqlga sigʻmaydigan tarzda tasvirlangan.

Ushbu ksilografiya Esher oʻz sanʼatida perspektivadan qanday foydalanganligiga klassik misoldir. Stol asta uzoqlashib, toʻsatdan ikki tomonida uylar qad koʻtargan, koʻcha koʻprigiga aylanadi. Ular, oʻz navbatida, stol ustidagi kitoblar toʻplami uchun tayanch sifatida tasvirlangan.

Ushbu rasm uchun, ilhom manbai sifatida, Italiyadagi Genuya shahridan unchalik uzoq boʻlmagan Savona shahridagi kichik koʻcha hisoblangan. Keyinchalik Esher bu rasmni oʻzining sevimli asarlaridan biri deb atagan, garchi u bundan ham yaxshiroq boʻlishi mumkinligini ham taʼkidlab oʻtgan.

  1. „Sayt natsionalnoy galerei iskusstv SShA“. 2012-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyun.