Nathan Yau

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Natan Yau - statistik va maʼlumotalar vizuallashtirish boʻyicha amerikalik mutaxassisdir.

Yoshliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natan Chun-Yin Yau Kaliforniyaning Fresno shahrida oʻsgan.

U Berklidagi Kaliforniya universitetida elektrotexnika va kompyuter fanlari boʻyicha bakalavir darajasini oldi. U 2007-yilda Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetini fanlar magistri, 2013-yilda esa statistika boʻyicha Fasafa fanlar doktor darajasi bilan tamomlagan. Uning dissertatsiyasi „Shaxsiy maʼlumotlarni toʻplash va oʻrganish uchun onlayn vosita“ deb nomlangan va oʻz-oʻzini nazorat qilish usullariga qaratilgan[1]. Yauning „Personal Environmental Impact Report“ boʻyicha oldingi oʻz-oʻzini nazorat qilish ishi Yauning 2009-yilda nashr etilgan "Goʻzal maʼlumotlar " kitobida keltirilgan[2][3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yau oʻzining Flowing Data blogi bilan mashhur boʻlib, unda u axborot dizayni va tahlili boʻyicha yozuvlar va qoʻllanmalar, shuningdek, boshqa mutaxassislar tomonidan yaratilgan vizualizatsiya va maʼlumotlar omboriga oid loyihalarni nashr etadi[4][5].

U "Visualize This: The FlowingData Guide to Design, Visualization, and Statistics " (2011) va „Data Points: Visualization That Means Something“ (2013) kitoblarining muallifi[6][7][8]. 2014-yildan beri Yau AQSH aholini roʻyhatga olishda tadqiqotchi matematik hamda statistik sifatida ishlagan[9].

Tanlangan nashrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „An Online Tool for Personal Data Collection and Exploration“ (2013). Qaraldi: 12-mart 2021-yil.
  2. „Chapter 1. Seeing Your Life in Data“. O'Reilly Media. Qaraldi: 12-mart 2021-yil.
  3. Segaran, Toby. Beautiful Data: the stories behind elegant data solutions, First, Sebastopol, California: O'Reilly, 2009. ISBN 9780596157111. OCLC 827947721. 
  4. „Here's how you're probably going to die – in a stunning visualisation“. The Daily Telegraph (19-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2019-yil.
  5. „The Art of Flowing Data: An interview with Dr Nathan Yau“. Statistics Views (25-noyabr 2015-yil). 2020-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-dekabr 2019-yil.
  6. „Visualize This: How to Tell Stories with Data“. Brain Pickings (26-iyul 2011-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2019-yil.
  7. „The Top 30 Best Data Visualization Books on Our Reading List“. Solutions Review (12-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2019-yil.
  8. „Infographics: Winds of Change“. The Economist (6-iyul 2013-yil). 2013-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-dekabr 2019-yil.
  9. „Our Researchers | Nathan Yau“. United States Census (11-avgust 2016-yil). 2021-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2021-yil.