Natalya Sumska

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Natalya Sumska
Tavalludi 22-aprel 1956-yil (1956-04-22) (68 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Ukraina
Otasi Vyacheslav Sumskiy
Onasi Ganna Sumska
Qarindoshlari Olga Sumska (sinlisi)
Mukofotlari
  • Ukraina xalq artisti (2000)
  • Shevchenko nomidagi Milliy mukofot (2008)

Natalya Vyacheslavivna Sumska (ukraincha: Наталя В'ячеславівна Сумська; 1956-yil 22-aprelda tugʻilgan) – ukrainalik teatr va kino aktrisasi hamda teleboshlovchi. Ukraina xalq artisti unvoni hamda 2000 va 2008-yillarda mos ravishda Shevchenko Milliy mukofoti sovrindori.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sumska 1956-yil 22-aprelda Kiyev viloyatining Katyujanka qishlogʻida tugʻilgan[1]. Otasi Vyacheslav Sumskiy va Ganna Opanasenko-Sumska ikkalasi ham Ivan Franko nomidagi Milliy akademik drama teatrining teatr aktyorlari boʻlib, tegishli ravishda Ukraina xalq artisti va Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist unvonlariga ega boʻlganlar[2]. 10 yoshigacha Lvovda yashagan[3]. Oʻzining birinchi aktyorlik rolini Mariya Zankovetska teatrida 6 yoshligida Nevilnik (ukraincha: Невільник) spektaklining repetisiyasida ijro qilgan[3]. 1977-yil Kiyev Milliy I. K. Karpenko-Kariy teatri, Kino va televidenie universitetini tamomlagan[1]. 1977-yildan Ivan Franko nomidagi Milliy akademik drama teatrining aktrisasi[3].

2000-yilda Kiyev pektoral milliy teatr mukofoti laureati boʻlgan (Chexovning Tri sestridagi Masha roli uchun)[4].

2003-yildan bir vaqtning oʻzida Inter TV Networks uchun ishlaydi. U yerda 2010-yilda Inter tomonidan toʻxtatilgan Klyuchevoy moment tok-shousini olib borgan[5].

2008-yilda Sumska Shevchenko nomidagi Milliy mukofotga sazovor boʻlgan.

„Benyuk i Gostikoyev“ teatr jamoasida ishlaydi.

Taras Shevchenko nomidagi Ukraina Milliy mukofotlari qoʻmitasi aʼzosi (2016-yil dekabridan)[6].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natalya Sumskaning Olga ismli singlisi aktrisa bor[2]. Uning operator Igor Mamay bilan birinchi turmushidan Darina Mamay-Sumska ismli qizi va Vyacheslav ismli oʻgʻli bor[2].

Natalya Sumska teatr aktyori Anatoliy Xostikoyevga turmushga chiqqan[2].

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yilda Sumskaga Ukraina xalq artisti unvoniberilgan[7]. 2008-yilda Pro mishey і lyudey spektaklidagi roli uchun Shevchenko nomidagi Milliy mukofotga sazovor boʻlgan[7][2]. 2000, 2011 va 2015-yillarda jami uchta Kiyev pektoral mukofotiga sazovor boʻlgan[7]. 2011-yilda Greska Zorda spektaklidagi roli uchun „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida „Kiyev pektoral“ mukofotiga sazovor boʻlgan[8][9]. 2020-yilda Chorniy Voron (ukraincha: Чорний ворон) spektaklidagi folbin Yavdoxa roli uchun „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ nominatsiyasida „Zolotoy Dziga“ mukofotiga sazovor boʻlgan[10][2]. 2016 va 2020-yillarda mos ravishda uchinchi va ikkinchi darajali Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan[11][12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Наталія Сумська: «Моє життя - гра»“ (uk). CITY LiFE (2007-yil mart). 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Наталії Сумській – 65: фото і цікаві факти з життя народної артистки України“ (uk). ТСН (2021-yil 22-aprel). 2022-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart. „Natalії Sumskіy – 65: foto і sіkavі fakti z jittya narodnoї artistki Ukraїni“. TSN (in Ukrainian). April 22, 2021. Archived from the original on May 12, 2022. Retrieved March 31, 2023.
  3. 3,0 3,1 3,2 Kochkyna. „Наталії Сумській сьогодні 64“ (uk). Погляд (2020-yil 22-aprel). 2022-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  4. „Телекрикита“ (ru-RU). Telekritika (2020-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 22-yanvar.
  5. Nataliya Sumska: „Inter“ has disbanded the „Key moment“ as a typical father that forgot about his child.
  6. „УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАЇНИ №575/2016“ (uk). Офіційне інтернет-представництво Президента України. Qaraldi: 2021-yil 14-yanvar.
  7. 7,0 7,1 7,2 „«Реакція та любов глядача – це джерело енергії, необхідної для життя» − Наталія Сумська“ (uk). ТСН (2021-yil 28-oktyabr). 2022-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  8. „Сумська та Хостікоєв отримали «Київську Пектораль»“ (uk). Тиждень (2011-yil 29-mart). 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  9. Ovcharenko. „Відчуття внутрішньої свободи“ (uk). I-UA.tv. (2021-yil 3-fevral). 2022-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  10. Свобода, Радіо. „Золота Дзиґа 2020: стали відомі переможці «українського Оскара»“ (uk). Радіо Свобода (2020-yil 3-may). 2023-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  11. „УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАЇНИ №117/2016“ (uk). ПРЕЗИДЕНТ УКРАЇНИ (2016-yil 26-mart). 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  12. „УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАЇНИ №335/2020“ (uk). ПРЕЗИДЕНТ УКРАЇНИ (2020-yil 21-avgust). 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]