Hoshim Narziqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Narziqulov Hoshimdan yoʻnaltirildi)

Hoshim Narziqulov (1900 - Samarqand — 1963.9.1) — aktyor, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Nasim Hoshi-movnchnt otasi. Ijodiy faoliyatini 1918-yilda Abdulla Badriy rahbarligidagi "Samarqand" musulmon truppasida boshlagan. 1927—30 yillar "Koʻk koʻylak" teatrida, 1930-yildan Hamid Olimjon nomidagi Samarqand davlat oʻzbek drama teatrida aktyor, truppa boshligʻi, rejissyor 1944—48 yillar Samarqand viloyat madaniyat boshkarmasining boshligʻi, 1948—57 yillar Madaniyat ishlari vazirligida teatr boʻyicha masʼul xodim boʻlib ishlagan. Mirkomilboy (A. Badriy, "Shoʻring qursin, Mirkomilboy!"), Muslim (F. Zafariy, "Halima"), Ibrohim (Komil Yashin, M. Muhamedov, "Ichkarida"), Xusrav (Xurshid, "Farhod va Shirin"), Xon Boboxon, Qorabotir (S. Abdulla, "Toxir va Zuxra"), Sultonbek (U. Hojibekov, "Arshin mol olon") singari obrazlari bilan oʻzbek teatri sanʼatiga munosib hissa koʻshdi. "Arshin mol olon", "Farhod va Shirin", "Poʻrtana" (S. Abdulla), "Gʻunchalar" (Z. Fatxullin) kabi spektakllarni saxnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil