Narcis Iustin Ianău
Narcis Iustin Ianău | |
---|---|
Tavalludi |
24-fevral 1995-yil |
Fuqaroligi | Ruminiya |
Faoliyat yillari | 2011—hozirgi kungacha |
Veb-sayti | narcis-music.com |
Narcis Iustin Ianău (rumincha talaffuzi: [ˈnart͡ʃis jusˈtin jaˈnəw]; 1995-yil 24-fevral, Bacău, Ruminiya) — ruminiyalik klassik qoʻshiqchi. U Ruminiyada „Românii au talant“ loyihasining birinchi mavsumida ishtirok etib, ikkinchi oʻrinni egallagan holda mashhurlikka erishgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Narcis Iustin Ianău 1995-yil 24-fevralda Bacăuning Barați shahrida, Eduard va Felicia Ianăular oilasida tugʻilgan. U besh yoshida oʻz shahridagi katolik cherkov xorida qoʻshiq aytishni boshlagan. U yerda ustozi Narcisni sopranistlar guruhiga kiritgan[1]. Liceul de Artă „Jorj Apostu“ (o'zbekcha: „Jorj Apostu“ oʻrta sanʼat maktabi)ni tugatgandan soʻng, Narcis Kluj-Napokadagi Academia de Muzică „Gheorghe Dima“ (o'zbekcha: „George Dima“ musiqa akademiyasi)da oʻqishni boshlagan[2][3].
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Românii au talent va Io canto
[tahrir | manbasini tahrirlash]Narcis 2010-yilda Românii au talantning birinchi mavsumida qatnashgan. U Giacomo Puccinining Gianni Schicchi operasidan olingan O mio babbino caroni kuylagan. Barcha uch hakamning roziligi bilan Narcis yarim finalga yoʻllanmasiga ega chiqqan[4]. Yarim finalda Tomaso Albinonining Adagiosini kuylagan va finalga chiqishga muvaffaq boʻlgan[5]. Narcis Iustin Ianău 2011-yil 25-aprelda finalda „The Phantom of the Opera“ ariyasining oʻz versiyasini talqin qilgan[6]. U 24,40% ovoz bilan ushbu tanlovda ikkinchi oʻrinni egallagan[7].
Shu yilning oʻzida, 2011-yilda Narcis oʻsmirlar musiqa biznesida oʻz oʻrnini egallash maqsadida qoʻshiq kuylash boʻyicha musobaqalashadigan Italiyaning „Io canto“ telekoʻrsatuvida maxsus mehmon sifatida ishtirok etdi[8].
Bir yil oʻtgach, Narcis „Românii au Talant“ning ikkinchi mavsumining yarim finaliga jonli ijroda taklif qilinadi va u yerda Scarborough Fairni ijro etadi[9].
Ruminiya milliy operasi, Cluj-Napoca
[tahrir | manbasini tahrirlash]Narcis 2015-yil yanvar oyida Română din Cluj (o'zbekcha: Ruminiya milliy operasi, Cluj-Napoca) operasida Giacomo Puccini operasi boʻlgan Toscada chorvachi rolida debyut qiladi[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Narcis Iustin Ianău (Barați, Bacău)“ (ro). Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
- ↑ „"ROMÂNII AU TALENT". Tatăl lui Narcis Iustin Ianău: "La început, am crezut că publicul face mișto de el". Cum s-a născut o vedetă națională“ (ro). Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
- ↑ „Narcis Iustin Ianau a debutat in opera“ (ro). Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
- ↑ „VIDEO Iustin Ianău, "ciocârlia" din Bacău: "De când mă știu am fost luat în râs"“ (ro). Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
- ↑ „Narcis Iustin Ianau a impresionat din nou la "Romanii au talent": el a ajuns in finala! – UPDATE“ (ro). Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
- ↑ „Narcis Iustin Ianau: "In doua luni nu veti mai auzi de mine"“ (ro). Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
- ↑ „Românii au talent. Cum A VOTAT PUBLICUL. La ce distanță a pierdut Narcis Iustin Ianău în fața lui Adrian Țuțu“ (ro). Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
- ↑ „Băcăuanul Narcis Ianău l-a uimit pe Al Bano cu vocea sa“ (ro). Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
- ↑ „Tanarul cu voce de privighetoare, din nou pe scena de la "Romanii au talent". Narcis Iustin Ianau, aproape de nerecunoscut“ (ro). 2018-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
- ↑ „Narcis Ianau, drumul spre celebritate inceput la "Romanii au talent"“ (ro). Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.