Namangan Davlat Universiteti
Namangan Davlat Universiteti (NamDU) | |
---|---|
Xalqaro nomi | Namangan State University |
Asos solingan | 1942 |
Oʻquv yurti turi | Universitet |
Rektori | Muzaffar Esanov |
Talabalari | 11678 |
Fakultetlar | 9 |
Bakalavriat | 45 |
Magistratura | 24 |
Akademiklar | 1 ta |
O‘qituvchilar | 600 ta |
Kampusi | Namangan shahri |
Manzili | 160136, Uzbekiston Respublikasi, Namangan shahri, Uychi ko`chasi, 316 |
Vebsayti | www.namdu.uz |
Namangan Davlat universiteti, 1941-yilda pedagogika bilim yurti sifatida tashkil topgan bo‘lib, 1992-yilda universitet maqomini olgan. Bu universitet kadrlar tayyorlashda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan, yuqori salohiyatga ega Oʻzbekistonning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bu universitet katta imkoniyatlarga ega maskan bo‘lib, klassik universitet uchun an’anaviy bo‘lgan gumanitar va tabiiy-ilmiy yo‘nalishlar bilan bir qatorda mehnat bozorida yuqori talabga ega iqtisodiyot, servis, qishloq xo‘jaligi mutaxassisliklarini tayyorlaydi. Bitiruvchilarning professional imkoniyatlari kengayishiga mustahkam poydevor bo‘lishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Universitetda yaxshi o‘qish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan: o‘quv binolari, kerakli jihozlar bilan ta’minlangan shinam auditoriyalar, laboratoriyalar xonalari, qulay sharoitlarga ega talablar turar joyi, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi.
Universitetda chet el OTM bilan muvaffaqiyatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Professor-o‘qituvchi va talabalar nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlariga malaka oshirish va amaliyotlarga yo‘naltirilmoqda.
Oxirgi yillar ichida universitetning ilmiy salohiyatini saqlab qolish, balki uning darajasini oshirishga erishildi. Mintaqadagi bizness-hamjamiyat va yirik korxonalar – universitetning yaqin hamkorlaridir.
OTM eng yaxshi kursatgichi lari bu sifatli tayyorlangan bitiruvchilaridir. Bitiruvchilar orasida jahon miqyosidagi olimlar, taniqli sportchilar, yirik korxona raxbarlari mavjud. Bugungi kunda yoshlar uchun muhim narsa bu ularning istiqbolli kelajagini ta’minlay oladigan oliy ta’lim muassasasida o‘qishdir. Namangan davlat universiteti ana shunday maskandir.
Universitetning professor-o‘qituvchilari tarkibi xalkaro standartlarga javob beradigan mutaxassislardan iborat.
- Professor-o‘qituvchilar soni - 600 ta
- Fan doktorlari va professorlar -17 ta
- Fan nomzodlari va dotsentlar, PhD-165 ta
- Bakalavriat talabalari - 10,000 ta
- Magistrant talabalar - 220 ta
- Doktorantlar - 42
- Akademik litsey o‘quvchilari - 1,600 ta
- Ibrat maktabi o‘quvchilari - 200 ta
Fakultetlar[tahrir]
Universitetdagi fakultetlar:
- Fizika-matematika fakulteti
- Tabiiy fanlar fakulteti
- Ingliz filologiyasi fakulteti
- Filologiya fakulteti
- Pedagogika fakulteti
- Jismoniy madaniyat fakulteti
- Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet
- Kasb ta’limi fakulteti
- Qo‘shma dasturlarni muvofiqlashtirish fakulteti.
Universitetdagi kafedralari:
- Fizika
- Matematika
- Differensial tenglamalar va matematik fizika
- Amaliy matematika va informatika
- Biologiya
- Kimyo
- Geografiya
- Ekologiya
- Ingliz tili va adabiyoti
- Ingliz tili o‘qitish metodikasi
- Ingliz tili amaliy kursi
- Fakultetlararo chet tillar
- O‘zbek tili va adabiyoti
- Nemis va fransuz tillari
- Rus tili va adabiyoti
- Pedagogika va psixologiya
- Boshlang‘ich ta’lim metodikasi
- Maktabgacha ta’lim metodikasi
- Musiqiy ta’lim va ijtimoiiy madaniy faoliyat
- Jismoniy tarbiya nazariyasi va sport turlarini o‘qitish metodikasi
- Sport faoliyati
- Fiziologiya va valeologiya asoslari
- Tarix
- Arxivshunoslik
- Iqtisodiyot
- Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
- O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
- Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
- Kasb ta’limi o‘qitish metodikasi.
Litsey va internatlari[tahrir]
Ishoqxon To‘ra Ibrat nomidagi internat[tahrir]
Ibrat nomidagi maktab-internatda hozirgi kunda 7 ta til: ingliz, nemis, fransuz, rus, arab, koreys, xitoy tillari o‘qitiladi.
Namangan Davlat Universiteti Akademik Litseyi[tahrir]
Akademik litseyda texnika, iqtisod, tabiiy fanlar, tarix, xorijiy filologiya fanlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim beriladi.
Qoʻshma taʼlim dasturlari[tahrir]
Universitetda 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab A.Gersin nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma dastur asosida quyidagi bakalavriat yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanmoqda:
5111300 - Rus tili va adabiyoti (NamDU)
45.03.03-Xorijiy til va madaniyat o‘qitish metodikasi va nazariyasi (RDPU)
5140200-Fizika (NamDU)
44.03.04-Fizika (RGPU)
5130200-Amaliy matematika va informatika (NamDU)
44.03.01-Informatika va informatsion texnologiyalar (RGPU)
Xalqaro loyihalari[tahrir]
- Jaxon banki – akademik innovatsiyalar jamg‘armasi granti Erasmus+ “Baliqchilik bo‘yicha ilmiy-o‘quv trenajyor yaratish” loyihasi.
- Erasmus+ “ModeHEd” loyihasi,
- Erasmus+ “IMEP” loyihasi,
- Erasmus+ “UZDOC-2.0” loyihasi,
- Erasmus+ “KA Mobility loyihasi,
Manbalar[tahrir]
![]() |