Namangan asnam tekstil qoʻshma korxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Namangan asnam tekstil qoʻshma korxonasi — Oʻzbekiston – Turkiya qoʻshma toʻqimachilik korxonasi. Masʼuliyati cheklangan jamiyat maqomiga ega. Taʼsischilari: "Oʻzbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "Yengilsanoatinvestxomashyo" aksiyadorlik jamiyati va Turkiyaning "Astop" firmasi. Korxona qurilishi 1992 yil iyulida imzolangan shartnomaga asosan boshlanib, 1994—2001 yillarda qurildi va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 2001 yil aprel

dan boshlandi.

Nizom jamgʻarmasi 6,99 mln. AQSH dollari. Shundan Oʻzbekiston tomonining ulushi 42% (2,93 mln. dollar), xorijiy hamkorlar ulushi 58% (4,06 mln. dollar). Namangan asnam tekstil qoʻshma korxonasining yillik loyiha quvvati 3600 t paxta kalava ip ishlab chiqarish Korxona paxta tolasidan tayyor gazlamalar, trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaradi. Yigiruv, toʻquv, par-dozlash majmuasiga ega.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil