Nagʻma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nagʻamdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Nagʻma, nagʻam (arab. — kuy) — 1) Sharq musiqa ilmida musiqa tovushi; ton. Muayyan balandlikda sadolanib turishi bilan tabiatdagi boshqa tovushlardan farq qiladi. Sharqolimlari N.ni 2 xil turga boʻlishgan: qavliy (inson tomogʻidan chiqadigan) N. va feʼliy (musiqa cholgʻularidan hosil qilinadigan) N. Kuy, qoʻshiq va ashulalar ritm bilan N.lar uyushmasidan tarkib topadi. N.lar qoʻshilishidan boʻʼd, jins, jam, maqom pardalari va, nihoyat, yaxlit kuy — musiqa asarlari hosil etiladi. Oʻrta asr musiqa risolalarida yozilishicha, to-vushlar bir-biri bilan maqsadga muvofiq ravishda maʼlum vaqt oraligʻida koʻshilgandagina N. deb hisoblanadi. Oʻtmishda N.lar yunoncha va arabcha iboralar bilan ifodalangan. Arabcha atamalari asomiy nagʻamot ("Asmoʼ unnagʻam") deyilgan; 2) ohang , kuy. N. soʻziga ayrim qoʻshimcha soʻzlar bogʻlanib, turli musiqa iboralari hosil etiladi. Mac, H. boshi — doston va boshqa koʻp qismli asarlarning cholgʻu muqadsimasi, oʻtmishda saroy musiqachilarining boshligʻi; N.gar, N. zan, N. chi yoki N. navoz — sozanda; N.i Orazi Navo Shashmaqom Navo maqomining cholgʻu qismlaridan biri; N. kor yoki N. soz — bastakor; N. pardoz yoki N. capo — sozanda, xonanda. Xorazmda garmon cholgʻusi N. deb ham ataladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil