Naberejniye chelni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Naberejniye Chelnidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Naberejniye chelni - Tatariston Respublikasidagi shahar (1930 yildan, 1982—88 yillarda Brejnev shahri). Kama daryosidagi pristan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Krugloye Pole (17 km). Aholisi 520,3 ming kishi (1998). Ilgari yogʻochsozlik, toʻqimachilik va oziqovqat sanoati markazi edi. 1970 yilda Kama avtomobil zavodining qurilishi munosabati bilan tez rivojlandi. Oziqovqat, yogochsozlik sanoati korxonalari mavjud, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Quyi Kama GES bor. Politexnika, pedagogika institutlari, qoʻgʻirchoq teatri ishlab turibdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil