Muxtasar (soʻz)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muxtasar (arab: المختصر)— soʻzi islom huquqida aniq va loʻndalik bilan ajralib turadigan huquqiy risolalarning qisqacha qoʻllanmasini bildiradi. Muxtasarlar Abbosiylar xalifaligi davrida paydo boʻlgan va yirik jildli kitoblardan chetlangan holda, faqihlarni tez tayyorlashga yordam berish usuli sifatida yaratilgan. Shunday boʻlsa-da, muxtasarlar oddiy savodxon odamlar uchun ham islom huquqi asoslariga kirish kitobchasiga aylangan[1]. Baʼzi mashhur muxtasarlarga misrlik molikiy olim Xalil ibn Ishoq al-Jundiyning (vafoti 1365-yil) “Muxtasar al-Xalil”i va Bagʻdodlik hanafiy olim Imom Quduriyning (973-1037) “Muxtasar al-Quduriy” asarlarini misol keltirish mumkin.

Ibn Abu Zamonin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn Abu Zamoninning "Muxtasar" asari XVIII asrda Yevropa ahliga islom haqida maʼlumot yetkazishga yordam bergan Lyudoviko Marachchi shaxsiy kutubxonasidagi beshta muhim qoʻlyozmalardan biri edi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. John Esposito, The Oxford Dictionary of Islam, Oxford University Press 2003. 
  2. Roberto Tottoli New Light on the Maracci translation: Order of the Mother of God, essay, Books & Written Culture of the Islamic World, Brill..