Mustazod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mustaxzoddan yoʻnaltirildi)

Mustazod, mustaʼzod, mustaxzod (arab. — orttirilgan) — oʻzbek musiqa merosidan oʻrin olgan ashula yoʻllaridan; sheʼriy M. asosida uzil-kesil shakllangan boʻlib, kuy jumlalari oxirida orttirma soʻzlarga mos keluvchi qoʻshimcha kuy-ohang bogʻlanishi natijasida vujudga keladi. Bastakorlik ijodida yakka hamda turkumli M.larning ayrim namunalari maqom majmualari tarkibidan oʻrin olgan (mas, M.i Navo shoxobchalari bilan). Ayniqsa, Xorazmda keng tarqalgan (M., Talqini M., Savti M., Gulufori M. va boshqalar). Oʻzbek musiqa merosida M. nomli cholgʻu, jumladan, surnay kuylari ham bor.

Ravshan Yunusov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil