Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi iqtisodiy ittifoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi iktisodiy ittifoqi - SSSRdan ajralib chiqqan davlatlarning iqtisodiy ittifoqi. Iqtisodiy ittifoq toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻra 1993-yilda tashkil etilgan. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchini erkin koʻchib yurishini, oʻzaro kelishilgan pul-kredit, byudjet, soliq, narx, tashqi iqtisodiy faoliyat, bojxona, valyuta siyosatini olib borish, umumiy statistika bazasiga amal qilish va boshqalarni nazarda tutadi.

Ittifoqning maqsadlari: MDH doirasida xalqaro majburiyatlarga qatiy rioya qilish; aholining turmush darajasini koʻtarishda aʼzo davlatlarning manfaatlariga mos ravishda barqaror iqtisodiy rivojlanish sharoitlarini yaratish; bozor munosabatlari negizida bosqichma-bosqich umumiy iqtisodiy makonni barpo etish; xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar, tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar va ka-folatlar yaratish; umumiy manfaatli boʻlgan iqtisodiy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, ekologiya muammolarini birgalikda hal etish, tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatishda hamkorlik. Aʼzo davlatlar xukumat boshliklari oʻrinbosarlaridan iborat Xa-lqaro iqtisodiy koʻmita Ittifoq ishini muvofiqlashtirib boradi va uning doimiy ishlovchi organi hisoblanadi. Shtab-kvartirasi Minsk shahrida.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil