Muskul to'qimasi rivojlanishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muskul bu — qisqarish xususiyatiga ega boʻlgan, tirik organizmning u yoki bu boʻlagini harakatga keltiradigan organ. U aksariyat koʻndalang yoʻlli va silliq muskul toʻqimalaridan tuzilgan. Koʻp hujayrali organizmlarning paydo boʻlish tarixi shundan guvohlik beradiki, muskullar, yaʼni muskul toʻqimalari organism rivojlanishining ancha kech davrida, epiteliy va biriktiruvchi toʻqima rivojlanishining ancha kech davrida, epiteliy va biriktiruvchi toʻqima paydo boʻlganidan keyingi davrda vujudga kelgan. Har qaysi organning kelib chiqishi tashqi muhit taqazosi bilan, yaʼni tashqaridan taʼsir etib turgan muhit omillariga moslashish extimoli bilan paydo boʻlar ekan, muskullar ham organizmning tashqi muhit va uning taʼsirlariga javob qaytarish yoki tirik mavjudot sifatida oziq izlash, unga intilish zaruriyati tufayli paydo boʻlgan. Binobarin muskul toʻqimasi evolutsiya jarayonida sitoplazmadan qisqarish xususiyatiga ega boʻlgan oqsil tuzilmalari bor hujayralardan kelib chiqqan. Hozirgi zamon fan tili bilan aytadigan boʻlsak, endilikda muskul toʻqimasi embrion rivojlanishi davrida boshqa toʻqimalarga oʻxshab mezenximaning turli qismlaridan hosil boʻladi.

Smooth muscle (histology slide)

Muskulatura[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muskulatura bu butun gavdaning yoki uning biror qismining, organik muskullar majmuasi. Koʻzning silliq muguzli pardasi va ter bezlarining atrofidagi silliq muskullar ektodermadan rivojlanadi. Koʻndalang yoʻlli muskullar mezenximaning sigmentlangan miotomlaridan tarqalsa, bosh miya muskullari mezenximaning oʻzgarishidan kelib chiqadi. Yurak muskullari ham asosan, mezodermadan tarqaladi. Bundan tashqari, ektodermadan vujudga keladigan muskullarga soʻlak va sut bezi muskullari ham kiradi. Umuman olganda barcha muskul turlarini ularning funksiyalari va tuzilishida oʻziga xos birlik, yaʼni sitoplazmasidagi oqsil iplari — miofilamentlar (muskul protofibrillalari) yigʻilib miofibrillalar deb ataladigan tutamlar hosil qiladigan birlik birlashtirib turadi. Ammo umurtqali hayvonlar bilan umurtqasiz hayvonlarning muskullari garchi vazifalari bir xil boʻlsa ham, tuzilishi bir biridan bir oz farq qiladi. Shunga qarab muskullar belgilariga qarab quidagicha klassifikatsiyalash mumkin: 1) Tuzilishi boʻyicha: a) koʻndalang yoʻlli muskullar b) silliq muskullar d) ikkiyoqlama qiya muskullar 2) Organizmda joylashish holati boʻyicha: a) ichki aʼzolar muskullari b) yurak muskullari d) somatik muskullar 3) Funksiyalari boʻyicha: a) tonik muskullar b) tetanik muskullar d) qulfdosh funksiyaga ega boʻlgan muskul toʻqimalari 4) Kelib chiqishi boʻyicha: a) ektodermal muskullar b) entodermal muskullar d) mesodermal muskullar.

Skeletning koʻndalang yoʻlli muskul toʻqimalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Skeletning koʻndalang yoʻlli muskul toʻqimasi asosini uzun, koʻp yadroli qora va oq disklardan iborat tolachalar tashkil etadi. Tolachalar silindr shaklda boʻlib, uchlari yumaloq, ayrimlariniki tarmoqlangan. Ularning uzunligi 100 mm dan 12 sm gacha. Diametri bir necha mikrondan — 100 mk gacha. Har bir tolacha pardasarkolemma bilan oʻralgan. Sarkolemma uch qavatdan tashkil topgan: 1) ichki qavatning qalinligi 50 — 100 A; 2) oʻrta yoki oraliq qavatining qalinligi 150 — 250 A; 3) tashqi bazofil qavatining qalinligi 300 — 500 A. Har bir muskul tolasiga ustki tomondan toʻrsimon shaklda prekollagen tolachalari kelib tutashadi. Ularni ustki tomondan esa bazal membrana yopib turadi. Ingichka fibrillalardan tashkil topgan bazal membrana amorf modda yordamida bir — biri bilan yopishib, muskul tolasi atrofida joylashuvchi biriktiruvchi toʻqima kollagen va argirofil tolachalari bilan tutashadi. Shunday qilib har bir muskul tolachasi oʻziga tegishli biriktiruvchi toʻqimadan iborat qavat bilan oʻralib turadi. Bu qavatga endomizium deyiladi. Bir nechta shunday endomiziumlar yigʻilib bitta tutam hosil qiladi va ularni ham biriktiruvchi toʻqimadan iborat ikkinchi bir yangi parda oʻrab oladi. Bu pardaga perimizium deyiladi. Bitta yoki bir nechta muskulni oʻrab turgan pardaga epimizium nomi berilgan. Biriktiruvchi toʻqima orqali har bir muskul tolachalariga qon tomirlar bilan nerv shoxobchalari kirib kelgan. Koʻndalang yoʻlli muskul tolachalari odatda koʻp yadroli boʻlib, yadrolarining soni oʻntadan yuztagacha boʻlishi mumkin. Yadrolar odatda tolachalarning periferik qismiga joylahgan. Yadro va protofibrillalar atrofidagi boʻshliqni sitoplazma toʻldirib turadi.[1]

Qizil muskullar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu muskullarda myoglobin koʻp boʻlib, ularga tez harakatlanadigan muskullar kiradi. Masalan kolibri nomli qushning qanot muskullari tez harakatlanadigan muskullar jumlasidandir. Bu qush juda kichik boʻlib, uzunligi 5-21 sm, vazni 2-10 g, juda tez uchadi. Baʼzilari bir sekundda 78 martagacha qanot qoqadi, uchish tezligi soatiga 50 km, bir nuqtada uchib turishi ham mumkin, orqaga ham ucha oladi.[2] Muskul toʻqimasining boshqa toʻqimalardan farqi shundaki, evolutsiya jarayonida kamdan — kam hollarda boshqa toʻqimaga aylanadi. Masalan, bunday hodisani baliqlarning muskul toʻqimasida koʻrish mumkin, Evolutsiya jarayonida baliqlarning muskul toʻqimasi qisqarish xususiyatiga ega boʻlgan toʻqimaga emas, balki elektr energiyasini akkumulyatsiya qilish xususiyatiga ega boʻlgan toʻqimaga aylanadi, yaʼni yangi funksiya membrane sistemalarining oʻzgarishi va gipertrofiyalanishi asosida yuzaga keladi.[1]

Oq muskullar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oq muskullarda myoglobin kam. Ular ham kam harakat qiladi. Masalan tovuq qanotining muskullarida qizil muskul tolachalari qon tomirlariga ancha boy, oq muskullarda esa aksincha juda oz boʻladi. Koʻndalang muskul tolachalari quidagi komponentlardan tashkil topgan: 1. Qisqaruvchi aparat. Bunga miofibrillalar kiradi. 2. Tayanch aparati. Bunga plazmolemma, bazal membrana, tartibli joylashgan mio va protofibrillalar, biriktiruvchi toʻqimadan iborat pardalar, bundan tashqari miodibrillalarda uchraydigan koʻndalang joylashagn qora va oq (anizatrop va izotrop) disklar hamda ular oʻrtasidan oʻtgan telofragma va mezofragmalar kiradi. 3. Trofik apparat. Bunga sarkoplazma organoidlari, mitoxondriyalar (muskul tolachalarida ularni sarkoplazma deyiladi), Golji kompleksi va endoplazmatik toʻr kiradi. 4. Nerv aparati. U nerv uchlaridan tashkil topgan savatcha va nerv-muskul retseptorlaridan tashkil topgan.[1]

Inson skelet muskul toʻqimalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inson tanasida suyaklar va boshqa tuzilmalarni harakatga keltiradigan 600 dan ortiq skelet mushaklari mavjud. Skelet muskullari asab tizimining ixtiyoriy xabarlariga javoban qisqarish va boʻshashish orqali suyaklarga biriktiriladi va harakatlanadi. Skelet muskul toʻqimasi chiziqli koʻrinishga ega boʻlgan muskul tolalari deb ataladigan uzun hujayralardan iborat. Muskul tolalari qon tomirlari bilan taʼminlangan va motor neyronlari tomonidan innervatsiya qilingan toʻplamlarga boʻlinadi.[3]

Silliq muskul toʻqimasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Silliq muskul butun tanadagi ichi boʻsh organlarning devorlarida joylashgan. Silliq muskullar qisqarishi — bu vegetativ asab tizimi orqali silliq mushak toʻqimalariga oʻtadigan impulslar tomonidan qoʻzgʻatiladigan ixtiyoriy harakatlar. Silliq muskul toʻqimalarida hujayralarning joylashishi katta elastiklik bilan qisqarish va boʻshashish imkonini beradi. Siydik pufagi va bachadon kabi organlarning devorlaridagi silliq muskul bu organlarning kengayishiga va kerak boʻlganda boʻshashishiga imkon beradi. Ovqat hazm qilish kanalining silliq muskullari (ovqat hazm qilish trakti) yutilgan oziq-ovqat va ozuqa moddalarini harakatga keltiradigan peristaltik toʻlqinlarni osonlashtiradi. Koʻzning silliq muskullari ob’ektivni diqqat markaziga aylantirish uchun linza shaklini oʻzgartiradi. Arteriya devorlariga qonni tanadan oʻtkazish uchun boʻshashadigan va qisqaradigan silliq muskullar kiradi. Insonning koʻp organlarining devorlari avtomatik ravishda qisqaradi va boʻshashadi.[3]

Umurtqasiz hayvonlarning muskul toʻqimasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umurtqasi hayvonlar organizmida ham umurtqali hayvonlarnikidek muskullar har xil boʻladi. Ular bajaradigan vazifasiga, mikroskopik tuzilishiga va qayerga joylashganiga qarab farq qilinadi. Ularning ham hujayralari tarkibida trofik, qisqartiruvchi elementlar boʻladi. Chunonchi, trofik elementlardan mitoxondry, Golji kompleksi, endoplazmatik toʻr elementlari, yadro va ayrim hujayra kiritmalarida glikogen bor, hujayralarning qisqarishini taʼminlovchi elementlardan miofibrillalar, yoki protofibrillalar mavjud. Ularning yoʻgʻonligi 50-200 A ga teng, ayrimlari 1000 A ga teng. Umurtqasiz hayvonlarning muskul toʻqimasi uch xil: silliq muskul toʻqimasi, yoʻlli muskul toʻqimasi, oraliq yoki ikki yoqlama qiyshiq chiziqli muskul toʻqimasi boʻladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]