Muxtor Musaboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Musaboyev Muxtor Nabiyevichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Muxtor Nabiyevich Musaboyev (1929.21.11, Fargona tumani) — haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1976). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1950—55) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1957—63)da taʼlim olgan. M. ijodida realistik uslubga qatʼiy amal qilgan holda kompozitsiyasi aniq, real nafis shakl, gʻoyaviy yorqin asarlar yaratish, hayotiy lavhalar, mehnatkashlar qiyofasini tasvirlash alohida oʻrin tutadi: Us t a Shirin Murodov (marmar, 1964, Toshkentda), Ulugʻbek (granit, 1968, Samarqandda), Beruniy (bronza, 1973, Toshkentda), Al-Xorazmiy (bronza, 1978 — 81, Urganchda) portretlari, "Doʻstlik" monumenti (bronza, granit, 1987, Nukusda) va boshqa [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil