Komil Muqimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muqimov Komil Muqimovichdan yoʻnaltirildi)

Komil Muqimovich Muqimov (1940.14.2, Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), fizikamat, fanlari doktori (1988), professor (1989). Oʻrta Osiyo universititida (1957—61) oʻqigan va Moskva universitetini tugatgan (1964). Toshkent universitetning fizika kafedrasida oʻqituvchi, dotsent (1967-75), optika kafedrasi mudiri (1975—92), fizika fakulteti dekani (1990-92). 1992-yildan Buxoro universititi rektori. Ilmiy ishlari magnitooptika, ferro-, ferrimagnitik dielektriklarda magnitooptik hodisalar va boshqalarga oid. Uning izlanishlari tufayli magnit hodisalar fizikasi sohasida yangi — "kuchli magnit maydonida nodir elementlar magnitooptikasi" ilmiy yoʻnalishi yaratildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Magnitooptika v prozrachnix redkozemelnix dielektrikax, T., 1999.