Munxauzen (film 2013)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Munxauzenqisqa muddatli ovozsiz qoʻrqinchli amerika filmi. 2014-yilda Ari Aster tomonidan yozilgan. Filmda Liam Aiken kollejga borish arafasida turgan bolakay rolida, Bonni Bedelia esa uning onasi rolini ijro etadi.[1]

Bu film Munxauzen sindromi nomini oldi. Ya'ni "Tarbiyachining o'z qaramog'idagi bolalarda jismoniy, psixologik, xulq-atvor yoki ruhiy salomatlik muammolarini keltirib chiqaradigan xatti-harakatlari."

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘g‘il o‘zining kelajagini uydan uzoqda tasavvur qiladi. Shuning uchun, bola kollej uchun narsalarini yig'ayotgan edi. Ayol o‘zini bola kollejga ketayotganda mashinasi ortidan yugurayotganini tasavvur qiladi. Uning tasavvurida bola kollej talabasi va debat jamoasining chempioniga aylanadi va u yerda bir qiz bilan tanishadi. O'qishni tugatgach, bola qizga turmush qurishni taklif qiladi. Va yana ona o'g'lini yoshligida bog'da superqahramon qiyofasidagi o'yinchog'ini qidirayotganini sog'inayotganini hayol qiladi. Keyin o'g'li qutilarini yig'ishtirayotganda film yana hozirgi kunga qaytadi.

Ona o'g'li uyni erta tark etmasligi uchun ovqatiga iste'mol qilingandan keyin o'zini yomon his qiluvchi zahar solib qo'yadi. Shifokor kasal bolani tekshirish uchun keladi, lekin nima bo'lganini aniqlay olmaydi. Ona o'g'lining sho'rvasiga "Yana o'zini yaxshi his etuvchi dori" qo'shib, uni davolamoqchi bo'ladi, lekin o'g'li uni iste'mol qila olmaydi. Shifokor yana tashrif buyurganida o'g'lining ahvoli yomonlashadi. Onasi yig'layotganda bolaning tanasi dahshatli spazmlarga duchor bo'ladi va bola to'satdan yerga qulab tushadi.

Film bolaning dafn marosimi va hozir qurib qolgan ona bog‘idagi superqahramon qiyofasi tasviri bilan yakunlanadi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chiqarilgan sanasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film 2013-yil 23-sentyabrda [2] Fantastic Festda tugallanmagan premyerasi boʻlib o'tdi. 2014-yil 27-iyun kuni Amerika kino institutida cheklangan namoyishda chiqarildi.[3] Keyin u 2015-yil 21-fevralda Vice Shorts tomonidan global miqyosda ommaga namoyish etildi[4]

Davomiyligi - 16 daqiqa

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "LA PREMIERE FACEBOOK EVENT". American Film Institute. Retrieved 13 January 2023.
  2. „Munchausen - Fantastic Fest“. Fantastic Fest. 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.
  3. „Munchausen LA Premiere“ (en). www.facebook.com. Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
  4. VICE. „The Trouble With Mom - 'Munchausen' - VICE Shorts“ (2015-yil 21-fevral).