Munxauzen (2013)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Munxauzen – qisqa muddatli ovozsiz qoʻrqinchli amerika filmi. 2014-yilda Ari Aster tomonidan yozilgan. Filmda Liam Aiken kollejga borish arafasida turgan bolakay rolida, Bonni Bedelia esa uning onasi rolini ijro etadi.[1]

Bu film Munxauzen sindromi nomini oldi. Yaʼni „Tarbiyachining oʻz qaramogʻidagi bolalarda jismoniy, psixologik, xulq-atvor yoki ruhiy salomatlik muammolarini keltirib chiqaradigan xatti-harakatlari.“

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻgʻil oʻzining kelajagini uydan uzoqda tasavvur qiladi. Shuning uchun, bola kollej uchun narsalarini yigʻayotgan edi. Ayol oʻzini bola kollejga ketayotganda mashinasi ortidan yugurayotganini tasavvur qiladi. Uning tasavvurida bola kollej talabasi va debat jamoasining chempioniga aylanadi va u yerda bir qiz bilan tanishadi. Oʻqishni tugatgach, bola qizga turmush qurishni taklif qiladi. Va yana ona oʻgʻlini yoshligida bogʻda superqahramon qiyofasidagi oʻyinchogʻini qidirayotganini sogʻinayotganini hayol qiladi. Keyin oʻgʻli qutilarini yigʻishtirayotganda film yana hozirgi kunga qaytadi.

Ona oʻgʻli uyni erta tark etmasligi uchun ovqatiga isteʼmol qilingandan keyin oʻzini yomon his qiluvchi zahar solib qoʻyadi. Shifokor kasal bolani tekshirish uchun keladi, lekin nima boʻlganini aniqlay olmaydi. Ona oʻgʻlining shoʻrvasiga „Yana oʻzini yaxshi his etuvchi dori“ qoʻshib, uni davolamoqchi boʻladi, lekin oʻgʻli uni isteʼmol qila olmaydi. Shifokor yana tashrif buyurganida oʻgʻlining ahvoli yomonlashadi. Onasi yigʻlayotganda bolaning tanasi dahshatli spazmlarga duchor boʻladi va bola toʻsatdan yerga qulab tushadi.

Film bolaning dafn marosimi va hozir qurib qolgan ona bogʻidagi superqahramon qiyofasi tasviri bilan yakunlanadi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chiqarilgan sanasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film 2013-yil 23-sentyabrda [2] Fantastic Festda tugallanmagan premyerasi boʻlib oʻtdi. 2014-yil 27-iyun kuni Amerika kino institutida cheklangan namoyishda chiqarildi.[3] Keyin u 2015-yil 21-fevralda Vice Shorts tomonidan global miqyosda ommaga namoyish etildi[4]

Davomiyligi – 16 daqiqa

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „LA PREMIERE FACEBOOK EVENT“. American Film Institute. Retrieved 13 January 2023.
  2. „Munchausen - Fantastic Fest“. Fantastic Fest. 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.
  3. „Munchausen LA Premiere“ (en). www.facebook.com. Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
  4. VICE. „The Trouble With Mom - 'Munchausen' - VICE Shorts“ (2015-yil 21-fevral).