Muntaxab-al-lug'at

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xorazmda yashab ijod etgan shoir va filolog Muhammad Rizo Xoksor "Muntaxab-al-lug'at" ("Saylanma lug'at") asarini 1798-1799-yillarda yaratdi. Asar izohli lug'atlar seriyasiga kiradi. Unda eski o'zbek adabiy tilida ishlatilgan arabcha, forscha va ayrim eskirgan o'zbekcha so'zlarning ma'nolarini eski o'zbek tilida (ba'zan fors-tojik tilida) tavsiflanadi.

Asarning kirish qismida muallif o'sha davrda mavjud bo'lgan lug'at va filologik traktatlar to'g'risida ma'lumot berar ekan, bu asarlarda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni, ayrim so'zlarning ularda noto'g'ri izohlanganini ko'rsatib o'tadi.

Lug'at ikki qismdan iborat. Birinchi qismda eski o'zbek adabiy tilida ishlatilgan arabcha so'zlar, ikkinchi qismda esa forscha-tojikcha va eskirgan o'zbekcha so'zlar izohlanadi. Jami 2400 so'z berilgan.

Xoksor lug'atining o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki, unda so'zlarning to'g'ri (asosiy) ma'nosi bilan bir qatorda, ko'chma (hosila) ma'nolariga ham izoh beriladi.

Lug'atda so'zlar arab alifbosi tartibida so'zining birinchi tovushiga (harfiga) qarab 28 bobga taqsimlangan. Har qaysi bobda so'zlar oxirgi tovushga (harfga) qarab gruppalanadi. Masalan, alif bilan tugaydigan so'zlar, be bilan tugaydigan so'zlar, te bilan tugaydigan so'zlar kabi.

[1]

  1. Qo'chqortoyev, Iristoy. Turkiy filologiyaga kirish, Toshkent, 1984 — 28 bet.