Munozara:Muhyi

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eski holiga qaytarish[manbasini tahrirlash]

VP:ROLLBACK texnik bayrogʻi Vikipediyada vandalizm kabi muammoli tahrirlarni bekor qilish uchun foydalaniladi. Siz mening ushbu tahrirlarimda vandalizm holatini uchratganingiz toʻgʻrisida izoh berishingizni soʻrab qolaman! Nega Foydalanuvchi:Uzgen yaratgan sahifani siz yaratgan boʻlib qoldingiz? — Kagansky (munozara) 17:26, 26-Sentabr 2021 (UTC)

@Kagansky: Maqola Muhyiga koʻchirilganligini koʻrmadingizni deyman? Muhyiddin Muhyi maqolasi ancha avval yaratilgan. Shu sababli shu sahifani Muhyiga koʻchirdim. Yuqori paneldagi Tarix tugmasini bossangiz, maqola muallifi hali ham Uzgen ekanligini koʻrasiz. Uzr, vikida yangiman, VP:ROLLBACK texnik bayrogʻi haqida maʼlumotga ega emasman. Malikxan munozara 17:34, 26-Sentabr 2021 (UTC)
Mening tahririmni eski holiga qaytarishingizdan oldin Muhyiddin Muhyi sahifasining muallifi Uzgen, hozirgi sahifaning esa — CoderSi bot edi. Maqolaga manba sifatida OʻzME koʻrsatilgan edi. Unda esa sahifa Muhyi deb nomlangan (Muhyiddin Muhyi emas). Endi, menging asosli tahririmga nisbatan asossiz VP:ROLLBACKni qoʻllashingizga ikkinchi marta izoh berishingizni soʻrayman (birinchisida aniq javob ololmadim. Zeroki, rasmiyatchiga maʼlum narsa menga qorongʻi boʻlishi mumkin). Buning uchun savolimga yanada aniqlik kiritaman: Maqola koʻchirilganda tahrirlar eski holiga qaytdimi shunda? — Kagansky (munozara) 17:51, 26-Sentabr 2021 (UTC)
Qaytaraman, Muhyiddin Muhyi maqolasi ancha avval yaratilgan. Muhyi maqolasini esa bugun yaratdingiz. Men maqolani birlashtirdim, aniqrogʻi Muhyi maqolasidagi matnni Muhyiddin Muhyiga olib oʻtdim. OʻzMEda Muhyi ekanligini yozganingizdan soʻng, Muhyiddin Muhyi maqolasi nomi Muhyiga koʻchirildi. Nima tushunarsiz? Malikxan munozara 18:18, 26-Sentabr 2021 (UTC)
Toʻgʻri, bot yaratgan maqola tarkibiga qoʻshilib ketgani uchun yangi yaratgandim. Tushunarli. Muhyiddin Muhyini Uzgenga qaytarganingizni koʻrdim. Lekin, Falonchi foydalanivchi tahrirlaringizni Eski holiga qaytardi deyilgan xabar kelganini tushunolmadim. Mayli, maqola koʻchirilganda tahrirlar eski holiga qaytar ekan deb faraz qilib qoʻyaqolaman. — Kagansky (munozara) 18:33, 26-Sentabr 2021 (UTC)
Maqola koʻchirilganda tahrirlar eski holiga qaytmaydi. Men Muhyi maqolasidagi matnni Muhyiddin Muhyiga olib oʻtganimda siz OʻzMEda Muhyi deyilgan deb qaytardingiz. Bir maqola avvaldan mavjud boʻlsa, nomini oʻzgartirish uchun maqolaning yangi nomi uchun yangi maqola yaratilib, eski maqolani redirektga aylantirmaymiz. Buning uchun doimo „Koʻchirish“ tugmasidan foydalaniladi. Shuning uchun tahrirlaringizni qaytardim hamda Muhyiddin Muhyini Muhyiga koʻchirdim. Malikxan munozara 07:19, 29-Sentabr 2021 (UTC)
Toʻgʻri, bekor qilmasdan, qoʻlda qaytardim. Maqola boshqa nomda yaratilgan bo'lishini fol ochmayman-ku, to'g'rimi? Qolaversa, maqoladagi barcha matnni manbada ko'rsatilgan nomga qoʻlda koʻchirish vandallik hisoblanmaydi! „Koʻchirish“ tugmasini barcha holatlarda ham ishlatolmayman. Menda yoʻnaltirish ustidan koʻchirish huquqi yoʻq, shu sababdan shunaqa qilishga majburman. Menga (suppressredirect) bayrogʻini bering unda. U boshqa baʼzi Vikiloyihalarda Eski holiga qaytaruvchiga avtomat tarzda beriladi axir, toʻgʻrirogʻi patrullovchiga rollback bilan birga beriladi. — Kagansky (munozara) 07:50, 29-Sentabr 2021 (UTC)
Fol ochmaysiz, albatta. Shuning uchun men maqoladagi matnni zerikkanimdan olib oʻtmaganimni taxmin qilib koʻrish kerak edi. „Koʻchirish“ tugmasini esa barcha hollarda ishlata olmaysiz, bu paytlarda adminlarga yozsangiz, bir zumda koʻchirishadi. suppressredirect bayrogʻini oʻzim-oʻzimdan joriy eta olmayman, joriy etish uchun dastlab forumda ovozga qoʻyib, Phabricatorga yozish kerak boʻladi. Malikxan munozara 11:45, 29-Sentabr 2021 (UTC)
OK, „Koʻchirish“ tugmasi bilan bogʻliq bunday hollarda maqolaning munozara sahifasiga yozar edim. Soʻrov va Phabricator varianti yana uzoqqa choʻziladigan jarayon boʻlgani uchun, bundan keyin oʻzingizga yozaman unda. — Kagansky (munozara) 13:49, 29-Sentabr 2021 (UTC)
Bemalol yozavering. Malikxan munozara 15:07, 29-Sentabr 2021 (UTC)