Kontent qismiga oʻtish

Munozara:Manak

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Geografik joylashuvi

[manbasini tahrirlash]

Manak shaharchasi atrofida Karnaychi, Dilkushod, Orday, Qaroqchi va Toʻraobod kabi qishloqlar joylashgan. Manakning janubiy tarafida Chilustun togʻlari, janubi sharqiy tarafida Kerme-Too too mavjud. Bundan tashqari Manak shaharchasining shimoli gʻarbiy qismida Manak-Ota togʻi qad rostlagan. Bu togʻ qadimiy va choʻkib borayotgan to hisoblanadi. Manak-Ota togʻi ziyoratgoh sifatida mahalliy aholi tomonidan eʼzozlanadi. Manakning gʻarbiy qismida Savay oqova suv arigʻi oqib oʻtgan. Gʻarbiy tarafdagi yerlar va aholi shu katta Savay arigʻi suvidan foydalanishadi. Savay oqova arigʻi Janubiy Fargʻona kanali tarmoqlaridan biridir. Ariq suvni shu kanaldan oladi. Mamat telefon past va tekkis yerlarda iborat. Sharqiy tarafi gʻarbiy tomonidan balandrogʻ. Shu boisdan Manakka suv sharqdan keladi. Asosiy suv manbai katta Savay arigʻi va sharqiy mahallardan oqib oʻtuvchi ariqlardir. Manakning janubiy tomonida Qirgʻiz-ariq arigʻi oqadi. Bu ariqda asosan Dilkushod , Toʻraobod va Karnaychi qishloqlari foydalanishadi. Tuprogʻi boʻz, unumdor. Asosan paxta va gʻalla yetishtiriladi. Manakda bogʻlar ham talaygina. Asosiy oʻrinni olma va gilos daraxtli bogʻlar egallaydi. Maʼmuriy jihatdan Manak uchta MFY ga boʻlinadi. Nishobboʻyi MFY, Manak MFY va Guliston MFY. Koʻchalari Yuqori, Ravdon, Nishobboʻyi, Bogʻ, Andijon, Toshloq, Tegirmonboshi, Oltin meros, Qadriyat va Dilobod kabilardir. Aholisi asosan chorvachilik, dehqonchilik va kichik tadbirkorlik bilan shugʻullanishadi. Hozirgi kunda Manak shaharchasida ikkita maktab, bitta litsey va bitta Prezidenti maktabi faoliyati yuritmoqda. Bundan tashqari bitta davlat tasarrufidagi MTM va koʻplab xususiy MTM lar mavjud. 95.214.211.172 10:39, 25-Noyabr 2022 (UTC)