Kontent qismiga oʻtish

Munozara:Litsey.andmiedu.uz

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akademik litsey haqida ma'lumot

[manbasini tahrirlash]

Akademik litseyning tashqi xududida  o’quvchilar uchun bitta tashqi futbol maydoni  400 o’rinli tomoshabinlar uchun maxsus joylar, sportning yengil otletikasi uchun mo’ljallangan  yugurish yo’laklari, 12 o’ringa mo’ljallangan o’g’il va qizbolalar uchun alohida tashqi xojatxona, binoni isitish uchun TVM 300 markali 2016 yilda qayta rekonstruksiya qilingan isitish qozonxonasi, manzarali daraxt ekinlari, ko’kalamzorlashtirish va ekinlar ekish uchun mo’ljallangan maydonlardan iborat.

Akademik litsey binosining ichki xududida o’quvchilar va o’qituvchilar uchun 200 o’ringa mo’ljallangan oshxona,

36x16 hajmdagi sportning barcha yo’nalishlariga moslashtirilgan sportzali, akademik litseyning barcha o’qituvchi xodimlari, o’quvchilari hamda xududdagi “Qoratut”va “Uchqo’rg’on” Maxalla fuqarolari yig’inlari axolisi uchun xizmat ko’rsatuvchi Axborot kutubxona markazi faoliyat yuritadi. Undan tashqari akademik litsey binosida o’quvchilar uchun 2 ta zamonaviy so’ngi rusumdagi kompyuter jixozlari bilan jixozlangan, internet tarmog’iga ulangan, oily ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda hamkor tashkilotlar bilan o’zaro yig’ilishlar, seminarlar, ko’rik tanlovlar, akademik litsey o’quvchilarini oily ta’lim muassasalariga o’qishga kirishlari uchun aprobatsion testlar o’tkazish uchun maxsus ZOOM platformasiga ulangan kompyuter sinflari tashkil etilgan. O’quvchilarning xorijiy tillarni mukammal darajada egalashlari uchun maxsus zamonaviy kompyuterlar va programmalar bilan ta’minlangan lingofon xonasi tashkil etilgan. Akademik litsey aniq fanlarga ixtisoslashganligi matematika va fizika fanlarini o’qitilishi chuqurlashtirilganligi sababli yangi zamonaviy jixozlar  va electron doska bilan ta’minlangan amaliy mashg’ulotlarni o’tish uchun 2 ta fizika laboratoriyasi mavjud. Bundan tashqari kimyova biologiya fanlarini amaliy o’tish uchun labaratoriya xonalari mavjud. Akademik litsey binosida jami 54 ta o’quv mashg’ulotlari uchun maxsus jixozlar bilan ta’minlangan, o’quv mashg’ulotlarini ko’rgazmali tashkil etish uchun electron monitorlar bilan jixozlangan o’quvxonalari mavjud. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, turli tadbirlar, ko’rik tanlovlar, yig’lishlar, konsert dasturlari, kinofilmlar tomosha qilish uchun 200 o’ringan mo’ljallangan faollar zali mavjud. 95.214.211.0 04:50, 14-Mart 2024 (UTC)

O’QUVCHILAR TURAR JOYI XAQIDA MA’LUMOT

[manbasini tahrirlash]

2014 yil Andijon viloyati xokimining qaroriga asosan Andijon shaxri Lermontov ko’chasi 39 uyda joylashgan sobiq Andijon san’at kolleji binosining bir qismi joriy ta’mirlanib Andijon Mashinasozlik Instituti akademik litsey tassarrufiga o’tkazildi. Oquvchilar turar joyi 4 qavatdan iborat bo’lib 200 o’ringa mo’ljallangan. Binoning 1-qavatida ma’muriyat xonasi, to’garaklar xonasi, o’quv mashg’ulotlar xonasi, ichki va tashqi xojatxona va yuvinishxonalari, oshxona va boshqa xonalardan iborat. 2-3 va 4 qavatlarda 20 tadan jami 60 ta 2 va 3 o’rinli yotoqxonalardan iborat. O’quvchilar turar joyiga 2023-2024 o’quv yilida  Andijon Mashinasozlik Instituti tomonidan ajratilgan mablag’lar xisobidan yangi zamonaviy yotoqxona jixozlari bilan ta’minlandi. 95.214.211.0 04:52, 14-Mart 2024 (UTC)

LITSEY O’QITUVCHILARI XAQIDA MA’LUMOT

[manbasini tahrirlash]

Akademik litseyda 2024 yil 10-mart kun xolatiga jami 42 nafar pedagok xodimlar faoliyat olib boradilar. Ulardan

-Ilmiy daraja PhD ega bo‘lganlar 4 nafar

-Bosh o‘qituvchi 9 nafar

-Yetakchi o‘qituvchi 7 nafar

-Katta o‘qituvchi 12 nafar

-Oliy ma’lumotli o‘qituvchi 10 nafarni tashkil etadi.

Raxbar va texnik xodimlar 51 nafarni tashkil etadi. 95.214.211.0 04:53, 14-Mart 2024 (UTC)

O’QUVCHILAR XAQIDA MA’LUMOT

[manbasini tahrirlash]

Akademik litseyda xozirda jami 378 nafar o‘quvchilar ta’lim olmoqda ulardan:

1-bosqichda 201 nafar ulardan 56 nafari qizlar 145 nafari

o‘g‘il bolalarni tashkil etadi.

2-bosqichda 177 nafar o‘quvchilar ulardan 45 nafari qizlar

132 nafari o‘g‘il bolalarni tashkil etadi.

-Ta’lim yo‘nalishlari:

- Aniq fanlar 1 (Fizika-matematika)

- Aniq fanlar 2 (Matematika-ingliz tili) 

-Aniq fanlar 2(matematika-ingliz tili yo’nalishida rus    guruhlari ham tashkil etilgan)

4. Akademik litseyini 2021-2022 o‘quv yilida 265 nafar

o‘quvchilar tamomlagan bo‘lib shulardan 223 nafari

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lishdiOTM ga kirish ko‘rsatkichi 84% tashkil etadi. O’qishga kirishga muaffaq bo’lgan o’quvchilarning 93 nafar o’quvchilar akademik litseyda ingliz tili fani bo’yicha malakali o’qituvchilar tomonidan tayyorlanib “Bilim va malakalarni baxolash agentligi” bilan xamkorlikda o’tkazilagan CEFR B2 yo’nalishida imtixonlardan muofaqqiyatli o’tib sertifikatlarga ega bo’ldilar.

2022-2023 o’quv yilida 125 nafar o’quvchilar tamomlagan bo’lib shulardan 112 tasi oily ta’lim muassasalariga kirishga muvaffaq bo’ldilar. OTM ga kirish ko’rsatkichi 90 foizni tashkil etdi. O’qishga kirishga muaffaq bo’lgan o’quvchilarning 78 nafar o’quvchilar akademik litseyda ingliz tili fani bo’yicha malakali o’qituvchilar tomonidan tayyorlanib “Bilim va malakalarni baxolash agentligi” bilan xamkorlikda o’tkazilagan CEFR B2 yo’nalishida imtixonlardan muofaqqiyatli o’tib sertifikatlarga ega bo’ldilar.

1.Sportning yengil atletika yo‘nalishi bo‘yicha Respublika bosqichida akademik litsey o‘quvchisi Toshtonova Zaynabxon Muxammadsobir qizi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2.Sportning Qilichbozlik yo‘nalishi bo‘yicha akademik litsey o‘quvchisi Xabibullaeva Mumtozabegim Xayrullo qizi Respublika bosqichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

3.Sportnin karate yo‘nalishi bo‘yicha Respublika bosqichida akademik litsey o‘quvchisi Parpiev Muxammadziyo Fazliddin o‘g‘li 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan

4.Sportning karate yo‘nalishi bo‘yicha akademik litsey o‘quvchisi Abdullaeva Odina Baxromjon qizi Respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga qiritgan

5.Sportning  Ushu-sanda yo‘nalishi bo‘yicha akademik litsey o‘quvchisi Shuxratov Muxammadsodiq Shuxratbek o‘g‘li Respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

6.Sportning Shotokan karate WSF bo’yicha13-jaxon chempionatida akademik litsey o’quvchisi Umarova Madina 50 kg vazn toifasida  qatnashib faxrli 3 o’rinni qo’lga kiritdi.

7. Sportning WKF karate  bo’yicha akademik litsey o’quvchisi Odiljonova Mubina Abduvoxid qizi 50 kg vazn toifasida qatnashib faxrli 1 o’rinni qo’lga kiritdi.

Akademik litseyning aniq fanlar yo’nalishi 2 bosqich o’quvchisi Jo’raboyeva Madina Umidjon qizi Toshkent shaxrida bo’lib o’tgan “Konstitutsiya bilimdoni” ko’rik tanlovining Respublika bosqichida ishtrok etib faxrli 2 o’rinni qo’lga kiritdi.

Andijon viloyat bo’lib o’tgan Yosh kitobxon ko’rik tanlovida akademik litseyning 2 nafar o’quvchilari Jo’raboyeva Madina Umidjon qizi  hamda Ikromova Madina G’ayratbek qizi faol ishtrok etib faxrli II-III o’rinlarni qo’lga kiritdilar.


95.214.211.0 04:53, 14-Mart 2024 (UTC)

O’QITUVCHILAR YUTUQLARI

[manbasini tahrirlash]

Akademik litsey fizika fani o’qituvchisi Ashurov No’monjon ko’p yillik samarali mexnatlari va akademik litsey o’quvchilari oily ta’lim muassasalariga tayyorlashdagi alohida xizmatlari uchun “Shuxra” medali bilan taqdirlangan.

Ko’p yillik samarali mexnatlari va yoshlarga ta’lim tarbiya berishdagi alohida xizmatlari Andijon shaxrining gullab yashnashi va ravnaqi yo’lidagi boshqaruv tizimidagi faolligi uchun akademik litsey direktori Abdulazizov Abdumajid Abdukarimovich O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan” O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi”ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ko’p yillik samarali mexnatlari va yoshlarga ta’lim tarbiya berishdagi alohida xizmatlari Andijon shaxrining gullab yashnashi va ravnaqi yo’lidagi boshqaruv tizimidagi faolligi uchun akademik litsey Yoshlarni chaqiriqqa tayyorlash raxbari Po’latov Baxriddin Xayitboyevich O’zbekiston Respublikasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “O’zbekiston Respublikasi qabul qilinganligining 30 yilligi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. 95.214.211.0 04:54, 14-Mart 2024 (UTC)

AKADEMIK LITSEY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA PREZIDENT QARORLARI

[manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qaroriga muvofiq hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun munosib nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish, o‘quvchilarning tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishlari uchun zarur va yetarli bo‘lgan, chuqurlashtirilgan nazariy va kasbiy tayyorgarligini ta’minlash maqsadida: akademik litseylar samarali faoliyat ko‘rsatishi, ulardagi o‘qitish sifatini ta’minlash hamda ular moddiy-texnika bazasi va yuqori malakali o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlanganligi, ta’lim-tarbiya jarayoni ustidan nazorat qilinishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi ko‘rsatkichlarini to‘liq ta’minlash uchun shaxsiy mas’uliyat Andijon Mashinasozlik Instituti rektoriga yuklanadi.Ushbu qaror asosida akademik litseyni boshqarish moddiy va ma’naviy qo’llab quvatlash ta’lim sifatini yanada rivojlantirish, akademik litsey va institut kafedralari o’rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo’yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4910-son Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish, shuningdek akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish maqsadida: Andijon Mashinasozlik institute  rektori  iqtidorli yoshlarni akademik litseyga saralab olish tizimini samarali tashkil etish, akademik litseyda ta’lim sifatini muntazam oshirib borish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish uchun shaxsan mas’ul va javobgar etib belgiladi. Ushbu qaror asosida Andijon Mashinasozlik Instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektori bir vaqtning o’zida akademik litsey direktori vazifasida faoliyat ko’rsatib, lavozimdagi akademik litsey direktori esa ijrochi direktor lavozimida faoliyat yuritilishi belgilab qo’yildi.


95.214.211.0 04:55, 14-Mart 2024 (UTC)