Munozara:Kermondagi terakt (2024)

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kirmonmi, Kermonmi yoki Kerman?[manbasini tahrirlash]

2013-yil bot tomonidan yaratilgan, OʻzMEdan olingan mana bu maqolada Erondagi shahar nomi „Kirmon“ tarzida yozilgan (2023-yil „Kermon“dan „Kirmon“ga koʻchirilgan ekan). Ammo, ushbu maqolada „Kermon“ shaklida yozilgan boʻlsa, lotin alifbosida yozadigan boshqa vikilarda shahar nomi „Kerman“ shaklida uchraydi. Ushbu shaharga oid maqolalar nomini (umuman, shahar nomini) standartlashtirishimiz kerak. Kimda qanday fikr bor, shaharning nomini qaysi shaklda olgan maʼqul? Sizningcha eng toʻgʻri variant qaysi? Google oʻzbekcha saytlar orasidan „Kerman“ variantini koʻproq topyapti: Kermon portlash (kirillcha), Kirmon portlash (kirillcha), Kerman portlash (kirillcha; lotinchada izlaganda ham asosan kirillcha matnlar chiqyapti, shu sababli qidirish havolalarini kirillcha asosida keltirdim).
1. Kirmon
2. Kermon
3. Kerman
Hurmat bilan, Jamshid Nurqul (munozara) 21:24, 3-Yanvar 2024 (UTC).[javob berish]

Menimcha, „Kirmon“ varianti yaxshi. „Kerman“ koʻproq inglizcha nomlanish variantiga oʻxshayapti, shuning uchun ham internetda koʻproq chiqqandir. Kermon varianti ham yaxshi tuyuldi. Nega deganda, boshqa alifboda yozilgan nomlarni oʻzimiznikiga koʻchirishda, yaʼni transliteratsiyada talaffuzga eʼtibor berishimiz kerak. Mana bu eroncha talaffuziga qarasak, „Kermon“ deganini eshitishimiz mumkin. Forschada „i“ deya "ی" harfi talaffuz qilinadi ekan. Shunday ekan, bu shahar yozilishida ushbu harf yoʻq. Eski, ensiklopediyamizda yozilgandaka variantida olishimiz kerak, chamasi. Mening fikrim shundan iborat. 21:49, 3-Yanvar 2024 (UTC) Salazarov 21:49, 3-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
OʻzSEda „Kermon“, „Kermonshoh“, „Kermonshohon“ maqolalari bor ekan, bular barchasi Eronga qarashli shahar va ostonlar ekan. Jamshid Nurqul (munozara) 21:58, 3-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
Kermon shakli tarix kitoblarimizda va internet manbalarimizda olingan koʻproq. Kermon shakliga  Roziman Alpasli (munozara) 06:07, 4-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
Mana bu havolada Kirmon shaklida olingan ekan. Shu variant maʼqul menimcha. Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:50, 4-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
Xuddi shu sayt eʼlon qilgan mana bu havolada esa Kermon deb yozilgan, menimcha, Kermon deb olgan yaxshiroq. Jamshid Nurqul (munozara) 10:04, 4-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Assalomu aleykum. Avval boshida Kirmon shaklini tanlagan edim. Lekin biroz ikkilanishdan sõng Kermon shaklida yozdim.[manbasini tahrirlash]

Khasan azim1 (munozara) 02:39, 4-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Balkim qaysidur kitoblarda Kirmon shakli qõllangandir. Khasan azim1 (munozara) 02:48, 4-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]