Munozara:Demiurg wikipedia

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

DEMIURG (yunoncha „demiurgos“-ijtimoiy hunar bilan erkin shugʻullanuvchi) — antik mifologiyada butun borliqni yaratuvchi Xudoni ifoda etuvchi tushuncha.

Diniy tasavvur hamda falsafada demiurg tushunchasi[manbasini tahrirlash]

Idealistik falsafada Demiurg ong, ruh, ideal ibtido, olamni yaratuvchi; diniy tasavvurlarda Demiurg „olam ijodkorlari“ sifatidagi Xudo.

Demiurg tushunchasi haqida[manbasini tahrirlash]

Falsafaga Demiurg tushunchasi Platon tomonidan kiritildi. Uning fikricha, Demiurg „koinotning otasi va ijodkoridir“. Hozirgi zamon falsafasida Demiurg atamasi koʻproq ideal ibtidoni yaratuvchi, olam ijodkori maʼnosida qoʻllanadi.

  • Falsafa qomusiy lug'at (2004-yil). Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2004.