Munozara:Deizm wikipedia

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

DEIZM (lotincha deus — xudo)— maʼrifatchilik davrida yoyilgan diniy-falsafiy qarash. Asoschisi — Lord Cherber. Unga koʻra, Xudo olamni yaratib, unda ishtirok etmaydi va voqea-hodisalarning qonuniy kechishiga aralashmaydi.

Deizm asosida nima yotadi?[manbasini tahrirlash]

Deizm asosida inson va Xudo orasidagi doimiy aloqa mavjudligi haqidagi ilohiy tasavvur yotuvchi teizm, Xudoni tabiat bilan oydinlashtiruvchi panteizm va Xudoning mavjudligini inkor qiluvchi ateizm (dahriylik)ga qarama-qarshi turadi.

Deizm gʻyalari[manbasini tahrirlash]

Deizm tabiatni yoki aqlni cheklash gʻoyasini ilgari suradi. Din—deistlar taʼlimotiga koʻra, hamma odamlar uchun umumiydir. Lord Cherberi „Haqiqat haqida traktat“ asarida bu gʻoyani rivojlantirdi.

Deizm vakillari[manbasini tahrirlash]

Deizmga turli yoʻnalishlar materializm va idealizmning vakillari qoʻshilganlar. Deizm XVII asrning 1-yarmida yuqori darajada rivojlandi. Xristianlikda faqat axloqiy taʼlimotni koʻrgan angliyalik J.Toland, A.Kolliz, M.Tindal, A.Sheftberi, G.Bolingbrok; amerikalik T.Xifferson, B.Frankli, I.Allen deistlar boʻlishgan.

Taʼlimoti qayerlada tarqalgan[manbasini tahrirlash]

Deizm Yunoniston tomonidan ilgari surilgan, dinga qoʻrquv va umiddan kelib chiquvchi jarayon sifatida qarash ijodkor Xudoning mavjudligini shubha ostiga qoʻydi. Fransiyada deizm gʻoyalarini Volter ilgari surdi, Russo ham unga yaqinlashgan. Fransuz materialistlari deizmning tanqidi bilan maydonga chiqdilar. Germaniyada deizm falsafiy rasionalizm negizida yoyildi. Leybnis, Lessingning deizm gʻoyalari Kantning „Faqat aql doirasidagi din“ asarida ilgari surilgan. Hozirgi zamon falsafasida deizm mustaqil ahamiyatga ega emas. Borliqni isbot qilishda uning yaratuvchisini asos qilib oluvchi koʻpgina tabiatshunoslar deizm tarafdorlaridir.

  • Falsafa qomusiy lug'at (2004-yil). Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2004.