Munozara:Bilqis

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya


== OʻzME == dan Bilqis — Qurʼonda tilga olingan Sabo yurtining podshohi (malikasi). Injilda Savro podshosi sifatida bayon etiladi. Qurʼonda Sulaymonptgʻambarning ulugʻvorligini taʼriflovchi hikoyalardan birida keltirilishicha, hudhud qushi podshoga Sabo mamlakatiga borganligini va u yerda "hamma narsa ato etilgan" xotin hukmronlik qilayotganligini, ammo butun xalqi bilan shaytonga aldanib, Allohga emas, Quyoshga sigʻinayotganligini aytadi. Sulaymon shu qush orqali malikaga maktub yoʻllab, unga boʻysunishni buyuradi. B. oʻz yaqinlari bilan maslahatlashib, Sulaymonga katta hadyalar yuboradi. Ammo Sulaymon malikaning elchilari oldida bu hadyalardan jirkanishini aytib, Sabo yurtiga qoʻshin tortishini eʼlon qiladi. Soʻngra malika Sulaymon huzuriga oʻzi keladi. Sulaymon xizmatida boʻlgan sehrgar va jinlar koʻz ochibyumguncha, malikaning taxtini uni oldiga olib kelishadi. Malikani saroyga kiritishganida, saroy sathini "suv toʻlqinlari sifatida koʻradi va oyoqlarini toʻpigʻigacha ochadi". Saroyning qadam bosiladigan qismi shaffof billurlardan iboratligini koʻradi. Alloh hamma ishda yorlaqagan Sulaymonning bundam ulugʻvorligi dalillariga shohid boʻlgan malika oʻzining gumrohligini tan oladi va Allohga imon keltiradi (Qurʼon, "Naml" surasi, 22 — 45-oyatlar).

B. haqidagi rivoyat Habashiston podsholigi dostonlari jumlasiga kirgan "Kabra nagast" afsonasiga juda oʻxshashdir. Undagi malikaning ismi Makeda boʻlib, u bilan Sulaymon oʻrtasidagi nikohdan tugʻilgan farzanddan Habashiston podsholigi sulolasi boshlanadi. Garchi Arabiston ya.o.dagi Sabo davlatining tarixiy afsonasi toʻgʻrisida ran ketayotgan boʻlsa ham, rivoyatda Yaman voqeligini aks ettiruvchi deyarli hech narsa yoʻq. Bu afsona Arabistonda emas, ehtimol Eronda vujudga kelganga oʻxshaydi. Oʻrta asrlarda Yamanda B. haqidagi qissa juda keng yoyilgan edi, 12-asrda hukmronlik qilgan sulayxidlar sulolasidan boʻlgan asSayyidani tarixchilar Jajji B. deb atashdi.

Muhammadjon Qodirov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil