Munozara:Avtoritet vikipedia

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

AVTORITET (lot. autoritas—hokimiyat)—keng maʼnoda: bir shaxs yoki tashkilotning hayotda yoki jamiyatda qabul qilgan norasmiy taʼsiri (mas. tarbiya, fan); tor maʼnoda: xukumat qarorlarini amalga oshirishning bir turi. Koʻp hollarda avtoritet qonun, qoida yoki ijtimoiy meʼyorlar taʼsiri boʻlayotgan shaxslar tarafidan zarur, deb tan olinganligidir.

Falsafiy talqini[manbasini tahrirlash]

Avtoritet shaxs yoki bir guruh shaxslarni kuch ishlatmay, zoʻravonliksiz fikrlashga yoki ishlashga yoʻnaltirishdir. Avtoritetning mavjudligi shaxslarda uchraydigan muammolarni falsafiy mushohada qilish imkoniyati chegaralanganligi, bu esa, oʻz vaqtida borliqning juda ham murakkabligidandir. Shulardan kelib chiqqan holda, avtoritet egasining tasdiqlariga ishonib yurish zaruratini asoslab berish qobiliyati nazarda tutilmoqda.

Avtoriretning ijrosini taʼminlash[manbasini tahrirlash]

Avoritet ishlab chiqarishda, siyosatda va boshqa ijtimoiy jabhalarda alohida individlarning faoliyati, kuproq mutasaddi tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan belgilanadi, ular qaror qabul qilib uning ijrosini nazorat qiladi. Avtoritetning qay turda va qaysi jabhada amalga oshishi jamiyatning tarixiy rivojlanishiga bogʻliq.

Avtoitet atamasi bilan bogʻliq fikrlar[manbasini tahrirlash]

Gobbs „Suveren avtoritetda jamiyatni anarxiyadan saqlash chorasini va hammani xammaga qarshi kurashishdan qutqarishning yagona chorasidir“, degan edi. Anarxistlar esa, avtoritetni jamiyatda individning erkinligi, shaxs yagonaligini eʼtirof etishgan. Nemis sotsiologi M.Veber avtoritetning „formal tipologiyasini“ taqdim etdi. Unda avtoriet falsafiy yoʻl-yoʻriqqa asoslanib, yo xukumatga erishishda aniq bir qoidalarga rioya qilish va uni qullash chegaralarini belgilaydi yoki tartib tushunchasi uning muqaddas va oʻzgarmas muqaddas alomatlari mujassamlangan daho shaxsiyati b-n bogʻlik. Veberning fikricha, avtoritet faqat avliyolar, targʻibotchilar va siyosiy dohiylarga xosdir. Xozirgi zamon falsafasida avtoritet toʻgrisida xilma-xil qarashlar mavjud.

  • Falsafa qomusiy lug'at (2004-yil). Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2004.