Munayli (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Munayli tumanidan yoʻnaltirildi)
Munayli tumani
qoz. Мұнайлы ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Mangʻistau viloyati
Maʼmuriy markazi Mangʻistau
Asos solingan sanasi 2007-yil
Akim Abilov Yelubay Djakayevich[1]
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2013) 116,288[2]
Dinlar tarkibi Musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil raqami kodi R, 12
Rasmiy sayti http://www.munaily.mangystau.gov.kz/kz/
Xaritada
Munayli tumani xaritada
Koordinatalari: 43°42′0″N 51°19′30″E / 43.70000°N 51.32500°E / 43.70000; 51.32500 G O

Munayli tumaniMangʻistau viloyatidagi maʼmuriy birlik. Maydoni — 492,189 ga (umumiy viloyat (16564191,2 ga) hududining 3 %). Tuman markazi — Mangʻistau qishlogʻi, viloyat markazidan 20 km uzqlikda joylashgan. Viloyat markazi va boshqa tumanlar bilan temir yoʻl va avtomabil yoʻllari bilan bogʻlanadi. Aholisi 2013-yildagi maʼlumot boʻyicha 116,288 kishi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil 4-iyunda elboshi N.A.Nazarbaevning „Mangʻistau viloyatining maʼmuriy tarkibidagi oʻzgarish haqida“ № 338 Farmoniga binoan Mangʻistau viloyatining tarkibida yangidan Munayli tumani tashkil topdi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 2013-yil 1-iyuldagi statistika boʻyicha aholi soni – 116,2 ming kishini tashkil qildi, tuman aholisining 75 foizini oʻrolmonlar (boshqa davlatdan koʻchib kelgan etnik qozoqlar) tashkil qiladi. 2007-yil tumanda 46,173 oʻrolmon roʻyxatdan oʻtgan.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Акиматы городов и районов
  2. Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года, 2013-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-26
  3. „Акимат Мангистауской области : АКИМАТ МУНАЙЛИНСКОГО РАЙОНА“ (oʻlik havola — tarix ).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]