Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Yusuf Qahhol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Yusuf Qahhol
Tavalludi nomaʼlum

Muhammad Yusuf Qahhol — toshkentlik alloma. Muhammad Yusuf tabib oilasidan chiqqan bo'lib, uning tarjimayi holi to'g'risida maʼlumotlar yetib kelmagan. Muhammad Yusufning o‘g‘li Ubaydulloh ko‘z kasalliklari tabiblaridan biri bo‘lgan[1].

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida Muhammad Yusufning ikkita asari qo‘lyozmasi saqlanadi. Ularning bir „Risola fi-t-tahqiq va-t-tafsirot an-nabz“ („Tomir orqali kasallikni aniqlash haqida risola“) nomli asaridir. Qo‘lyozma asar fors tilida bo‘lib, 27 varaqdan iborat. Mazkur asar tomir urishini tekshirishga bag‘ishlangan. Asarda muallif „Domla Muhammad Yusuf Qahhol“ deb qayd etilgan. Asarning baʼzi varaqlarida Ibn SinoningTib qonunlari“ asaridan misollar keltirilib, baʼzi masalalarda unga havola ham qilingan.

Muhammad Yusufning bizga yetib kelgan ikkinchi asari ham yuqoridagi asari saqlanayotgan to‘plam ichida, faqat jild ichidagi asarlar raqamlanganda bu risola yettinchi bo‘lib tushgan. Risolada muallif nomi Muhammad Yusuf ibn Abdullatif tabib deb keltirilgan. Muhammad Yusuf Qahhol koʻproq asarlari tibbiyotga oid hisoblanadi. Uning bir qator asarlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda[2].


  1. Muhammadkarimov A. Toshkent allomalari va tarixiy shaxslari (ikkinchi kitob). Toshkent: Toshkentnoma, 2009 — 55 bet. 
  2. Uvatov U. Buyuk yurt allomalari. Toshkent: Oʻzbekiston nashriyoti, 2018 — 424 bet.