Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Muin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad MuinEronning yirik olimlaridan biri bo‘lib, o‘zidan keyin Eron tillari hamda qadimgi va mumtoz adabiyoti tarixi, afsonalar va falsafaga oid kitoblar qoldirgan. Olim 1913-yilda tavallud topgan.

Muhammad Muin — „ Farhang-e forsi“ nomli 6tomli, asosiy izohli-ensiklopedik lug‘at tuzuvchisi, shuningdek, yana ko‘plab lug‘atlar muharriri va chop etuvchisi hisoblanadi.Lug‘atshunoslikga oid ishlaridan tashqari Muhammad Muin o‘zining bevaqt o‘limiga qadar nashr etib ulgurgan 4 jilddan iborat „Tarx-e dastur-e zabon-e forsi“ („Fors tiliga tavsif“) kitobiga ham ko‘p eʼtibor qaratgan. Bu kitoblar „Ezofe“(„Izofa“), „Esm-e masdar-hosel-e masdar“(„Feʼliy ismlar — yasama ismlar“), „Mo‘frad va jaʼm“(„Birlik va ko‘plik“), „Esm-e jens va maʼrefe va nakare“(„Predmet nomlari. Aniq va noaniq ism“) deb nomlanardi. Muallif yana shunday bir qator fors grammatikasining turli bo‘limlarining batafsil izohlarini o‘z ichiga olgan risolalarni yaratishni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygandi, chunki bu kitoblar boshqa tilshunoslar bilan hamkorlikda fors tilining to‘liq ilmiy grammatikasini tuzishda qo‘l kelardi.

Muhammad Muin 1971-yil vafot etdi.

[1]

  1. › down... Eron tilshunosligi tarixi — 38-39 bet. 9-dekabr 2022-yilda qaraldi.