Muhammad Islombek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sayyid Muhammad Islombek (1888-1983) Xudoyorxonning nabirasi. Afg'onistonning Fransiya va Shveytsariyadagi elchisi bo'lgan.

Muhammad Islombek 1888-yilda Toshkentning “Qashqar” mahallasida dunyoga kelgan. U 'Qo’qon xonligining so’nggi hukumdori Xudoyorxonning 2-o’g’li Muhammad Aminbek oilasidagi 5-o'g'il farzand edi. Rus imperiyasi tomonidan xonlik bosib olinib, uning o’rnida Turkiston general gubernatorligiga qarashli Farg’ona viloyati tuzilgach, 1876-yil Muhammad Aminbek Toshkentdan uy sotib olib, shu yerga ko'chib keladi.

Ta'lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islombekka bolaligidan islom dini asoslari va qiroat saboqlari o’rgatildi. 7 yoshga to’lgach rus-tuzem maktabiga berildi va u yerda dunyoviy fanlar bilan bir qatorda rus tilini o’rgandi. 10 yoshida esa Orenburgdagi kadetlar maktabiga o’qishga ketadi. U dargohdagi o’qishini tugallagandan so’ng Moskvadagi Aleksandrovsk harbiy bilim yurtida ham 2 yil tahsil oladi. Yurtiga qaytib qilichbozlik va gimnastikadan saboq bera boshlaydi.

Jadidchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

20 yoshli Islombek Turkistonda avj olayotgan jadidchilik harakatlarida ham faol qatnasha boshlaydi. Rossiyada imperiya ag’darilib, hokimyat tepasiga bolsheviklar kelgach, sobiq xonning avlodi va harbiy salohiyatga ega shaxs hisoblangan Islombek uchun Toshkent xavfli bo’lib qolgan edi. Shuning uchun ham Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov va akalari ko’magida Toshkentni tark etishga muvaffaq bo’ladi. U Afg’onistonning Toshkendagi elchixonasiga tarjimon sifatida ishga kiradi va bu uning Afg’onistondagi diplomatik karyerasiga asos bo’ladi. Keyinchalik esa u Afg’oniston hukumati nomidan Fransiya va Shvetsariyada elchixonalar tashkil etadi va u yerda qariyb 50 yil (umrining oxirigacha) faoliyat ko’rsatadi. Bu haqda o’zbek tarixchi olimi Sh. Yusupov ma’lumot bergan.

Diplomat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islombek Afg'onistonning Fransiya va Shvetsariyadagi elchisi bo’lgan davrda, ko’plab yutuqli natijalarga erishdi. Afg’oniston hukmdorlari , dastlab Omonullaxon 1928-yil 25-yanvarda Parijda Fransiya prezidenti Doumergi bilan uchrashdi, keyinchalik Zohirshoh ham 1965-yilda Fransiyaga davlat tashrifini uyushtirib, general Sharl de Goll bilan uchrashadi. Tarixchi Abduqahhor Ibrogimovning yozishicha, bu uchrashuvlar paytida Islombek haqiqiy xizmatdagi maslahatchi va nafaqadagi maslaxatchi lavozimlarida ishlayotgan edi.

Mukofot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islombekning faoliyati munosib baholanib, Afg’onistondagi eng nufuzli “Vafo” ordeni bilan taqdirlanadi. Bu unvonga birinchi bo’lib Omonullaxon, ikkinchi bo’lib esa Islombek sazovor bo’lgan xolos. Fransiya ham Islombek xizmatlarini munosib baholadi va 1961-yilda Prezident Sharl de Goll Yelisey saroyida Islombekka "Faxriy Legion" ordenini o’z qo’li bilan topshiradi. Ma’lumot o’rnida, bu ordenni Napaleon Bonapart tashkil qilgan bo’lib, hozirda jahon siyosatida katta ta’sirga ega bo’lgan V.Putin, Gladvin Jebb, Herman von Rempuy va Ispan qiroli Filipp VI kabi shaxslar shu ordenga sazovor bo’lishgan.

Hayot yo'li[tahrir | manbasini tahrirlash]

1972-yilda Islombekning rafiqasi Aleksandra olamdan o’tgach Islombek yolg’izlanib qoladi. Ularning farzandlari yo’q edi. Shunga qaramasdan u ko’pchilik Fransiyadagi musulmonlarni o’z otaliqiga olgan. Shular qatorida doktor Akrom ham bor edi. U Islombekni tarbiyasini olib mohir diplomat bo’ladi va Afg’onistonning Fransiyadagi elchisi sifatida Islombekning ishlarini davom ettiradi. 1983-yilda Islombek Shvetsariyadagi Valmond shifoxonasida olamdan o’tadi va vasiyatiga binoan Parijdagi Per la Shez qabristoniga rafiqasi Aleksandra xonim qabri yoniga dafn etiladi.

Xotirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islombek Fransiyadagi faoliyati davrida ko’pchilik ziyoli, marifatli kishilar bilan do’stlashgan. Shular qatorida temurshunos, boburshunos tarixchi olim ''Lusyen Keran'' ham bor edi. 1992-yilda Parijda bo’lib, Lusyen Keren bilan suhbatlashgan o’zbek tarixchisi Amriddin Berdimurodovning hikoya qilishicha, Lusyen Keren Islombek bilan XX asr 50-yillarida tanishgan. Lusyen Kerenning Temuriylar tarixiga qiziqishi ularning do’stligini yanada yaxshilagan. Lusyen Keren o’z intervyularidan birida Islombekni uning ilmiy ishlarini davom ettirishga undagan shaxs sifatida tariflaydi. Islombek hamisha vataniga qaytishni xohlagan, buning uchun ko’p bora Sovet hukumatidan ruxsat so’rab murojaat qilgan va har doim rad javobini olgan. Shu sababli Mirzacho’lni o’zlashtirish tajribasiga qiziqib O’zbekistonga yo’lga chiqqan fransuz olimlaridan biri bo’lgan do’sti Lusyen Kerendan o’z ona yurtini suratga olib kelishini iltimos qiladi. Lusyen Keren O’zbekistonning Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida bo’lib, noyob yodgorliklarni suratga oladi. Lusyen Keren rasmlarni Islombekka berar ekan, bu jarayonni shunday eslaydi:

– Islombek janoblari har bir rasmni sinchiklab kuzatar ekan, menga qarab, “Koʻrdingizmi, mening ajdodlarim qanday buyuk sivilizatsiya yaratganlar. Afsuski, bularni oʻz koʻzim bilan koʻrish huquqidan mahrumman”  deya ko’zlari namlandi.

Shajarasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lusyen Keren Islombek haqida maqola ham yozgan va uning shajarasi Amir Temurga borib taqalishini ta’kidlagan. Bu g’oyani undan oldin yashagan olimlar asarlarida ham ko’rishimiz mumkin. Xususan, Niyozmuhammad ibn Avazmuhammadning “ Tarixi Shohruhiya” , Muhammad Solih Toshkandiyning “ Tarixi jadidi Toshkand” (“ Toshkentning yangi tarixi”), Mirzo Olim Mushrifiyning “ Ansobu-s-salotin va tavorixu-l-xavoqin”(“Sultonlarning nasablari va xoqonlarning tarixi”) , Fozilbek Otabek o’g’lining “Mukammali tarixi Farg’ona”, Muhammad Aminbek Xudoyorxon o’g’lining “ Farg’ona muzofoti xonlari xususida voqeotlar” , rus tarixchisi Vladimir Nalivkining «Краткая история Кокандского ханства»(“Qo’qon xonligining qisqacha tarixi”) asarlarida bayon etilishicha , Qo’qon xonlarining shajarisi Bobur va rafiqasi Sayidofoq Begimdan tug’ilgan Oltin Beshikxonga borib taqaladi. Bu nasab esa Boburning ota bobolari orqali Amir Temurga borib ulanadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, Qo’qon xonligining so’nggi xoni Xudayorxon [Amir Temur]ning yigirma uchinchi avlodi bo’lsa, xonning ikkinchi o’g’li Muhammad Aminbek 24- va uning o’g’li Islombek 25-avlodi hisoblanadi.

Islombekni o'rgangan olimlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islombekning hayot yo’li va faoliyati haqida Amriddin Berdimurodov, Temurbek Xudoyorxonov, Muzaffarxon Haydarov, Sharif Yusupov, Abduqahhor Ibrohimov kabi tarixchilarimiz chuqur izlanishlar olib borishganigan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

https://daryo.uz/2022/05/08/jilokor-koshin-u-maxsus-sarrovlar-cherkovga-aylantirilgan-salomxona-buzib-tashlangan-haram-shamollar-shahrining-yuragi-xudoyorxon-ordasiga-sayohat/

Vladimir Nalivkining «Краткая история Кокандского ханства»

https://kompy.info/bobur-nomidagi-andijon-davlat-universiteti.html?page=6

Fozilbek Otabek o’g’lining “Mukammali tarixi Farg’ona”