Muhammad Gʻuriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muhammad G‘uriydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Muhammad gʻuriy, Muiziddin Muhammad (?—1206) — gʻuriylar sulolasidan boʻlgan sulton; Hindiston fotihi. 1173 yil akasi Gʻiyosiddin Muhammad Gʻuriy Gʻazni viloyatini bosib olgach, M.Gʻ. unga hokim etib tayinlangan. 1175 yil Sharqiy Afgʻoniston va Shim. Hindistonga bosqinchilik yurishlari qilishni boshlagan. 1186 yil soʻnggi gʻaznaviylar poytaxti Lohurni bosib olib, Gʻaznaviylar davlatiga xotima bergan. 1192 yil Gorain yonida Shim. Hindistonning rajput hukmdorlari qoʻshinlarini tormor keltirgan va bir necha yil ichida Gang daryosi vodiysidagi koʻplab yerlarni egallab olgan. Gʻiyosiddinning vafotidan soʻng (1203), Gʻuriylar davlati sultoni boʻlgan. Bu davlat hududi Afgʻonistonning katta qismi va Shim. Hindistondan tarkib topgan. X,indlarning gakhar qabilasi tomonidan oʻldirilgan (1206). M.Gʻ. saltanati harobalarida Dehli sultonligi barpo etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil