Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Darvesh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avliyo

Ism

Muhammad Darvesh

Tavalludi

1500-yil

Vafoti

1562-yil

Falsafa maktabi


Muhammad Darvesh — (1500—1562) — alloma va avliyo. Mavlono Muhammad Darvesh buyuk avliyo, atoqli tarbiyachi, alloma, adib bo‘lib, „Silsilayi sharif“dagi yigirma birinchi halqaning piri murshidi sifatida G‘arbu Sharqqa mashhur. U 1500-yilda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining Xoja Isfaroz qishlog‘ida tug‘ilib, 1562-yil shu yerda vafot etgan. Mavlono Muhammad Darvesh o‘rta bo‘yli, bug‘doyrang, oq soqolli, g‘oyat nuroniy bo‘lib, nasabi Hazrat Umar r.a.ga borib taqaladi. Muhammad Darvesh zohiriy va botiniy ilmlarni puxta egallagandi. Yoshlikdan boshlab zuhd va riyozatni hayoti shioriga aylantirib, o‘n besh yil muttasil nafs tarbiyasi bilan shug‘ullandi. Kasbi dehqonchilik edi. „Tuhfat az-zoirin“da yozilishicha, Muhammad Darvesh taqvodor, ilmiga amal etuvchi, insofu adlni o‘ziga kasb etgan, karomati zohir, botin tasarrufiga ega, shuningdek, gumnomlik ila mashhur satri hol (yaʼni o‘z avliyoliklarini oshkoro qilmas) edi. Naql etadilarki, bir kuni ochlikdan ko‘p riyozatlar chekib osmonga qarab yolvordilar. Shu onda Hizr alayhissalom kelib: „Siz sabru qanoat ilmini o‘rganmoq bo‘lsangiz Hazrat Mavlono Muhammad Zohid huzurlariga boring. Ul zoti boborakot sizga taʼlim berurlar!“- deydilar. Shu ishoratdan so‘ng Muhammad Darvesh o‘z tog‘asi Hazrat Muhammad Zohid huzurlariga borib, uning xizmatida bo‘ladi, Qisqa muddatda tariqat ilmini puxta o‘rganib, sohibkaromat avliyo, piri murshid, ulug‘ tarbiyachi bo‘lib yetishadi[1]. Muhammad Darvesh quyidagi asarlarni muallifi hisoblanadi: „Risola dar suluk“, „Risolai hush dar dam“. Muhammad Darveshning eng yetuk shogirdlari quyidagilardir: Xoja Muhammad Amkinagiy (bu zoti sharif Muhammad darveshning o‘g‘illaridir), Xoja Mirak Gunbazi Sabziy, Xoja Muhammad Rizo, Mavlono Sher Muhammad, Shayx Salotiy va boshqalar. U 1562-yilda vafot etgan. Muhammad Darvesh mozori Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani Xoja Isfaroz qishlogida va ushbu ziyoratgoh taʼmirtalabdir[2].

  1. Насир ад-Дин ал-Ханафи ал-Хасани ал-Бухари. Тухфат аз-заирин («Подарок паломникам») Автор перевода с таджикско-персидского, предисловия и комментариев: Халим Тураев. Toshkent: Splendid Idea, 2021 — 204-bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.