Muhammad Amkinagiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avliyo

Ism

Muhammad Amkinagiy

Tavalludi

1512-yil

Vafoti

1600-yil

Falsafa maktabi


Muhammad Amkinagiy — (1512—1600) — alloma va avliyo. Mavlono Xoja Kalon nomi bilan jahonga mashhur bo‘lgan Muhammad Amkinagiy 1512-yil Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi Amkina qishlog‘ida tug‘ilib, 1600-yilda mazkur joyda vafot etgan. Qutbi zamon, buyuk avliyo, atoqli tarbiyachi, alloma Muhammad Amkinagiy bug‘doyrang, nuroniy, siyrak soqolli, o‘rta bo‘yli, salobatli boʻlgan. U G‘arbu Sharqqa mashhur bo‘lgan „Silsilayi sharif“dagi yigirma ikkinchi halqaning piri murshidi hisoblanadi. Amkinagiy tug‘ma avliyo bo‘lib, obid, zohid, g‘oyat taqvodor inson boʻlgan. „Tuhfat az zoirin“da yozilishicha, Muhammad Amkinagiyning nasabi Hazrat Imom Husayn raziyallohuga borib taqaladi. U quyidagichadir: „Hazrat Mavlono Xoja Kalon bin Xoja Mahmud bin Xoja Ofoqi Kalon bin Xoja Ziyoddin bin Xoja Abdulvahhob bin Xoja Nasriddin bin Sayyid Faxriddin bin Sayyid Shamsiddi bin Sayyid Ziyoddin bin Sayyid Ziyoulmulk bin Sayyid Nasriddin bin Sayyid Abulmaʼoniy bin Sayyid Shamsiddin bin Sayyid bin Sayyid Abujaʼfar bin Sayyid Ziyoiddin Kalon bin Sayyid Imodiddin Shahid bin Sayyid Shamsiddin Kalon bin Sayyid Ziyoddin Kalon bin Sayyid Nasriddin Kabir bin Sayyid Abulmaʼoniy Buzruk bin Sayyid Jaʼfar bin Sayyid Ziyoulhaq bin Sayyid Imodiddin bin Sayyid Abdulloh Mohro‘y bin Sayyid Abulhasan bin Sayyid bin Sayyid Amir Abulqosim bin Sayyid Abdulloh bin Sayyid Husayn al Amir bin Sayyid bin Hasan al Amir bin Sayyid bin Imom Jaʼfar bin Imom Abdulloh bin Imom al Husayn Sagar bin Imom Zaynulobidin bin Hazrat Imom Hasayn raziyallohu anhu[1]“. Muhammad Amkinagiy Samarqand va Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Tasavvuf ilmini esa o‘z otasi Muhammad Darveshdan o‘rganadi. Muhammad Darvesh vafot etganidan so‘ng asosan muridlar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘ttiz yil shayxlik maqomida xizmat qildi. Zamonaning podshohlari Hazrat Amkinagiyga murid bo‘lgan. Buxoro hukmdori Abdullaxon (1556—1598) ko‘plab masjidu madrasa, ariq, ko‘prik, saray, sardoba, rabotlar bunyod qilib, savob ishlarni amalga oshirganki, bunda Muhammad Amkinagiyning xizmatlari bor. Muhammad Amkinagiyning ziyoratgohi Kitob tumanidagi Amkina qishlogʻida joylashgan boʻlib, bu yerda qadimiy madrasa, maqbara bor. Lekin ziyoratgoh taʼmirtalabdir[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Насир ад-Дин ал-Ханафи ал-Хасани ал-Бухари. Тухфат аз-заирин («Подарок паломникам») Автор перевода с таджикско-персидского, предисловия и комментариев: Халим Тураев. Toshkent: Splendid Idea, 2021 — 204 bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet.