Sobir Muhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muhamedov Sobirdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Sobir Muhamedov (1912.25.5 -Toshkent — 1978.12.4) — kinodramaturg, jamoat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). 1939 yil Boku kinostudiyasida, 1941—48 yillar "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida (1955— 57 yillar direktor) turli lavozimlarda ishlagan. 1948—55 yillar Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida oʻqituvchi. Oʻzbekiston madaniyat ishlari vaziri muovini (1957—59), vazir (1959—63), Oʻzbekiston kinematografiya Davlat qoʻmitasi raisi (1963—64), Hujjatli va ilmiyommabop filmlar kinostudiyasining direktori (1966—67), Oʻzbekiston Kinematografchilar uyushmasi boshkaruvining raisi (1967—76), "Oʻzbekfilm"da bosh muharrir (1977—78), Oʻzbekiston kino ishlab chiqarish boshqarmasining boshligʻi (1978 yil yan-vardan). Koʻpgina hujjatli, badiiy, multiplikatsion filʼmlarning ssenariylarini yozgan: "Frontga konsert", "Oʻzbekistonimizga keling" (M. Karavkin bilan hamkorlikda), "Hamza" (K. Yashin bilan hamkorlikda), "Shiddat" (D. Vasiliu va U. Nazarov bilan), "Utgan kunlar", "Zulmatni tark etib" (A. Qodiriy asarlari asosida), "Yunus Rajabiy", "Yorugʻ yoʻl", "Oʻzbekiston oʻrmonlari" va boshqa shular jumlasidan. V. Yanning "Chingizxon" romanini rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  • Kinossenariy, T., 1974; Filmi i godi (A. Abdullayev bilan hamkorliqda), T., 1980.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil