Muannas ismlarning taqsimoti
Qiyofa
Muannas ism unga "هذه" deya ishora qilish to‘g‘ri bo‘ladigan lafz bo‘lib, u to‘rt xil:
Lafziy
Ma‘naviy
Haqiqiy va majoziydir.
Lafziy muannas: muannaslik alomati bor so‘z bo‘lib, u فاطمة kabi ayol kishiga yoki حمزة kabi erkak kishiga dalolat qiladigan ism bo‘lishi ham mumkin.
Ma‘naviy muannas: muannaslik alomati bo‘lmay turib ayol jinsiga dalolat qiladigan lafzdir. Masalan: زينب ومريم
Haqiqiy muannas: inson yoki hayvonlardan haqiqiy ayol jinsiga dalolat qiladigan lafzdir. Masalan: امرأة وناقة
Majoziy muannas: muannas ismga qilinadigan muomala ko‘rsatiladigan narsalardir. Masalan: دار وشمس
Muannaslik alomatlari uchta:
Toi marbuta: فاطمة
Alif maqsura: ليلى
Alif mamduda: حسناء
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]https://www.almrsal.com/post/972311 (Wayback Machine saytida 2022-12-03 sanasida arxivlangan)