Kontent qismiga oʻtish

Moviy quloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moviy quloq (inglizcha: Blue Ear) — Marvel Comics[1] olamidagi super qahramon, oʻylab topilgan personaj. Marvel personaji AQShning Nyu-Gempshir shtatidagi Salem shahrida yashovchi 4-yoshli qulogʻi yaxshi eshitmaydigan, komikslar muxlisi Entoni Smit sharafiga yaratilgan.[2] Smitning oʻng qulogʻi va qisman chap qulogʻi kar, chunki u Mosaik Trisomiya 22 kasalligi bilan kasallangan[3].

Nashrning tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Onasi Kristina D’Allesandro, Smitga eshitish apparati beradi va u, 2012-yilda ruhiy tushkunlikka tushib, uni maktabga kiyishdan bosh tortguncha undan muntazam foydalangan. Smitning soʻzlariga koʻra, „Superqahramonlar moviy quloq taqmaydi“. D’Allesandro bundan qoʻrqib ketib, vaziyat boʻyicha yordam soʻrab Nyu-Yorkdagi Marvel Comics kompaniyasiga elektron pochta orqali xabar yuboradi. Dizayner va muharrir yordamchisi Nelson Ribeyro Moviy quloq[4] uchun original obrazni yaratib, uni D’Allesandro oilasiga yuboradi. Keyinchalik, produser Menni Mederos Moviy quloqning bolakay obrazi eskizi ustida ishlay boshlagan. Mederos Huffington Postga bergan intervyusida, ijodiy jarayon davomida Mederosda „Nega superqahramon kichkina bola boʻlmasligi kerak?“ degan fikr paydo boʻlganini aytadi[5]. Marvel Comics 1980-yillardagi Lochin koʻz komikslarini D’Allesandroga yuborib, superqahramon 80 % eshitish qobiliyatini yoʻqotib, eshitish apparatlarini taqishga majbur boʻlganida, Entoni asosidagi super qahramon „Moviy quloq“ chizmasi bilan birga „Mening eshitish qurilmam tufayli, kimdir muammoga duch kelganini eshitaman!“ deb javob qaytaradi[6][7].

D’Allesandroning taʼkidlashicha, Smit bolalar bogʻchasiga komikslar suratlarini olib ketgan va bu oʻqituvchilarni „super qahramonlar haftasi“ oʻtkazishga undagan[8]. Smitning bobosi, Nyu-Gempshir senatori Lu D’Allesandro shunday degan: „Bu yaxshi damlarning tuygʻusi, bu yaxshi hikoyaning tuygʻusi va biz buni dunyo tan olishiga erishishimiz kerak“[9]. 2013-yil mart oyida Smit Eshitish va Aloqa Markazidagi tadbirda, afisha koʻrgazmasida qatnashgan[10].

Moviy quloq personaji Team-up Marvel Custom Solutions Iron Man Issue komikslari debyuti uchun Temir odam qahramoni va, eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun, Safeara ismli yangi personaj bilan qaytgan. Nelson Ribeyro dizayniga asoslangan Moviy quloq liboslari ostiga, bu safar doktor Pedro Peres ismi yozilgan[11][12]. Moviy quloq Safaera bilan birga, Yaxshi eshitish va nutqni nishonlash doirasida " Blue Ear & Sapheara " nomli toʻrt qismli bir sahifali „Komikslar cheklangan seriyasi“da, qaytadi[13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hanson, Julie (May 26, 2012). „"Superheroes do wear blue ears, thanks to NH boy"“. The Union Leader (retrieved may 27, 2012). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  2. „"Hearing-impaired New Hampshire boy inspires new Marvel Comics superhero"“. Fox News (retrieved may 24, 2012.).
  3. Castillo, Michelle (May 25, 2012). „"Marvel team creates deaf superhero called Blue Ear in honor of boy"“. CBS News (retrieved may 27, 2012.).
  4. „"The Blue Ear"“. Marvel (retrieved june 26, 2013.).
  5. Llorens, Ileana (May 22, 2012). „"Anthony Smith, Hearing-Impaired Boy, Gets Custom Superhero, 'The Blue Ear,' From Marvel Comics"“. Huffington Post (retrieved may 24, 2012).
  6. „"Heartwarming Tearjerker of the Day"“. The Daily What (retrieved may 24, 2012.). 2012-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  7. Timmins, Annmarie (May 20, 2012). „"Marvel Comics came through when a New Hampshire mom put out the call for help"“. Concord Monitor (retrieved may 24, 2012). 2015-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  8. „"Marvel creates new superhero for hearing-impaired New Hampshire boy"“. Herald Sun (retrieved may 24, 2012).
  9. Leasca, Stacey (May 24, 2012). „"Blue Ear superhero created by Marvel for hearing impaired boy"“. Global Post (retrieved may 24, 2012.).
  10. Parkin, JK (2 March 2013). „"Iron Man and Blue Ear debut poster campaign for hearing-impaired kids"“. Robot6. Comic Book Resources (retrieved march 10, 2013). 2015-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  11. Stevens, Tim „IRON MAN INTRODUCES BLUE EAR“. Marvel (2014-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 31-oktyabr.
  12. Iron Man:Sound Effects #1“. Marvel.
  13. Blue Ear & Sapheara Part 1:Rooftop Rescue. Children's Hearing Institute, Marvel. 2016-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.