Kontent qismiga oʻtish

Mounsey qal'asi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mounsey qal’asi — Dulvertonning shimoli-gʻarbida, Somerset, Angliyaning 1.75 gektar (4.3 akr) temir davridagi tartibsiz uchburchak tuproq ishlari sanaladi. Bu qadimiy yodgorlik sifatida belgilangan[1]. Risk ostidagi meros reestriga qoʻshilgan[2][3].

U oʻrta asrlarda manorning mahalliy xoʻjayinlari boʻlgan Monso oilasi sharafiga nomlangan[1][4].

Tuproq ishlari 1.5 metr (4 ft 11 in)gacha boʻlgan tosh qoʻrgʻon qoldiqlari bilan atrofi oʻralgan. Uning balandligi 2 metr (6 ft 7 in)[5], kirish eshigi gʻarb tarafdan[6]Manba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name. Uning aylanasining katta qismi u bir qirrali, ammo sharqiy va janubiy tomondan qiyalik unchalik tik boʻlmagan joylarda ikkinchi qoʻrgʻoni bor[7]. Togʻda tosh binoning qoldiqlarini koʻrish mumkin, ehtimol u koʻmir yoqadigan kulba boʻlgan degan tahminlar ham mavjud.

U Barle daryosiga qaraydiManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.

Fon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tepalik qal’alari soʻnggi bronza va avvalgi temir asrlarida, taxminan mil.avv. 1 ming yillikning boshlarida rivojlangan[8]. Ularning Britaniyada paydo boʻlish sababi va maqsadi muhokama mavzusi boʻlgan. Ular kontinental Yevropadan bostirib kirishga javoban qurilgan harbiy ob’ektlar, bosqinchilar tomonidan qurilgan hududlar yoki aholining koʻpayishi va natijada qishloq xoʻjaligiga bosim tufayli yuzaga kelgan ijtimoiy keskinlikka harbiy reaksiya boʻlishi mumkinligi taʼkidlanib oʻtilgan. 1960-yillardan beri hukmron boʻlgan nuqtai nazar, temirdan foydalanishning koʻpayishi Britaniyada ijtimoiy oʻzgarishlarga olib keldi. Temir rudasi konlari bronza tayyorlash uchun zarur boʻlgan qalay va mis rudalarigacha turli joylarda joylashgan va buning natijasida savdo shakllari oʻzgarib, eski elitalar iqtisodiy va ijtimoiy mavqeini yoʻqotgan. Hokimiyat yangi odamlar guruhi qoʻliga oʻtadi[9]. Arxeolog Barri Kanlifning fikricha, aholi sonining koʻpayishi hamon rol oʻynagan va „qal’alar oʻsib borayotgan aholining“ stressi ochiq urushga aylangan paytlarda jamiyat uchun mudofaa imkoniyatlarini taqdim etgan, deya fikrini aytgan. Lekin men ularni qurilgan deb koʻrmagan boʻlardim, chunki urush holati bor edi. Ular keskinlik va shubhasiz, baʼzilari hujumga uchragan va vayron qilingan paytda mudofaa istehkomlari vazifasini oʻtaydi, ammo bu ularning qurilishidagi yagona va hatto eng muhim omil emas edi, deb sozini davomida qoʻshib qoʻygan[10].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Somersetdagi tepalik qal’alari va qadimiy aholi punktlari roʻyxati

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Mounsey Castle and an associated outwork 100m to the north“. National Heritage List for England. Historic England. 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-sentabr 2016-yil.
  2. „Mounsey Castle, Dulverton, West Somerset - Exmoor (NP)“. Heritage at Risk. English Heritage. 2013-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktabr 2013-yil.
  3. „Mounsey Castle, Dulverton, West Somerset - Exmoor (NP)“. Heritage at Risk. Historic England. Qaraldi: 26-sentabr 2016-yil.[sayt ishlamaydi]
  4. Riley, Hazel. The Field Archaeology of Exmoor. English Heritage, 2001 — 63 bet. ISBN 1873592582. 
  5. „Mounsey Castle and an associated outwork 100m to the north“. National Heritage List for England. Historic England. 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-sentabr 2016-yil.
  6. „Mounsey Castle“. Exmoor National Park Historic Environment Record. English Heritage. Qaraldi: 16-yanvar 2011-yil.
  7. Moore. „Iron Age“. John H Moore. Qaraldi: 26-sentabr 2016-yil.
  8. Payne, Andrew; Corney, Mark; Cunliffe, Barry (2007), The Wessex Hillforts Project: Extensive Survey of Hillfort Interiors in Central Southern England, English Heritage, 1-bet, ISBN 978-1-873592-85-4
  9. Sharples, Niall M (1991), English Heritage Book of Maiden Castle, London: B. T. Batsford, 71–72-bet, ISBN 0-7134-6083-0
  10. Time Team: Swords, skulls and strongholds, Channel 4, 19–may 2008–yil, qaraldi: 16–sentabr 2009–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()