Montreal okrugi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quartier international de Montreal (QIM) yoki Montreal okrugi Kanada davlati Montreal shahri Ville-Marieda joylashgan. U shimolda René-Levesque Boulevard bilan, janubda Notre-Dame bilan, sharqda De Bleury/Saint-Pierre bilan, gʻarbda Robert-Bourassa Boulevard bilan chegaradosh. Uning sharq tomonida mashhur Palais des congrès binosi joylashgan. 1965-1985-yillar oraligʻida barcha eski kolonial uy-joylar oʻrni keng koʻlamda rekonstruksiya qilindi va bu tuman 2000-2003-yillarda asosiy markaziy biznes hududiga aylandi.

Montreal biznes markazi.

Maqsadi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Loyihaning asosiy maqsadi Montreal shahar markazining 1960-yillardan beri yaroqsiz yoʻllarni tiklash va shu tariqa quyidagi hududlarni bogʻlash edi:

  • Place Ville Marie(shimoli-gʻarbiy)da joylashgan shahar markazi
  • Saint Laurent Boulevard/Sainte Catherine va Chinatown (shimoli-gʻarbiy)
  • Old Montreal tumani (janubi-sharqiy)
  • Cité du Multimédia rivojlangan tumani (janubi-gʻarbiy)

Boshqa maqsadlari esa atrof-muhitni obodonlashtirish, shahar maydonlari koʻrinishini, Quebec dizaynini yaxshilashdan iborat.

Dizayni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maydoni 27 gektar (0,27kvadrat kilometer yoki qariyb 67akr) va uning 30% jamaot mulki Ville-Maridagi sharqiy-gʻarbiy hududda joylashgan. U sharqda Saint Urbain Street bilan, janubda Sent-Antuan bilan, gʻarbda Universitat va shimolda Viger bilan chegaralanadi. Hududga Montreal metrosining Orange linyasidagi uchta stansiya va yer osti yoʻlining katta qismlari xizmat koʻrsatadi. Clément Demers loyihaning umumiy dizayni uchun mas’ul boʻlib, Genivar va Provencher Roy kabi mutaxassislar bilan ishlagan. Shuningdek, arxitektor va shahrsozlik boʻyicha mutaxassis Jean-Claude Marsan ham loyihaga oʻz hissasini qoʻshgan.[1] [2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lebeuf, Sylvie „Quartier international“ (fr). Ville de Montréal (City of Montreal) (2001-yil 19-sentyabr). 2005-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-iyul.
  2. Ellis, Libby. „Urban Inspiration“. PMI Network. PMI.org (2006-yil yanvar). 2008-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 3-aprel.