Monofizitlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Monofizitlik (yunon tilida monos-bir, physis- tabiat, tabiiy) - Vizantiyada xristian dinidagi nestorian yo‘nalishiga qarshi 5-asrda vujudga kelgan diniy ta’limot bo‘lib, 428-431-yillarda Konstantinopol patriarxi Nestoriyning Iso Masix odam sifatida tug‘ilib, keyinchalik u xudoning o‘g‘li, ya’ni messiyaga aylangan degan fikriga monofisitlar qarshi chiqib, ular Iso Masixda ikki tabiat, insoniylik va ilohiylik o‘zaro singib ketgan deb hisoblaydilar. Monofisitlik ta’limoti Vizantiyaning sharqiy viloyatlari Misr, Suriya, Armaniston hududlarida tarqalib, siyosiy separatizm bayrog‘iga aylandi. Monofisitlar 451-yilda Xalkidon sobori tomonidan ayblanib, keyingi davrlarda armon, xabash, kopt ya’ni Misr va «yakovit» yaьni Suriya cherkovlarida xukmron mavqega ega bo‘ldilar. Xristianlikdagi ortodoksal aqida va monofisitlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv natijasida 7-asrda Vizantiyada Monofelitlar taʼlimoti vujudga kelib, ularning fikriga ko‘ra Iso Masix ikki tabiatga ega bo‘lgani bilan yagona erkka hamda xudoinsonlik quvvatiga ega edi deb hisoblanadi. Monofisitlik ta’siri ostida Sharqqa ketishga majbur bo‘lgan nestorianlar Eron, Markaziy Osiyodan Xitoygacha bo‘lgan xududlarga tarqalib, 13-asrgacha bu yerlarda katta taʼsirga ega bo‘ldilar. Hozirgi davrda Eron, Iroq va Suriyada nestorian ta’limotiga e’tiqod qiluvchilar bor[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 302.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.