Ramizulla Moʻminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ramizulla Abdullayevich Moʻminov (1941.24.10, Toshkent viloyati Qibray tumani) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), fizikamat, fanlari d-ri (1979), prof. (1990). ToshDU ni tugatgan (1963). Oʻzbekiston FA Fizikatexnika itida ilmiy xodim (1970— 71), direktor oʻrinbosari (1971—76), maxsus konstruktorlik byurosi direktori (1984—88), yetakchi ilmiy xodim (2002 yildan). Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida boʻlim boshligʻi (1991—92), Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qoʻmitasining Davlat ilmiytexnika ax-borot fondi direktori (1996-2002).

Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi va shular asosida asbob-uskunalar yaratishga oid. U qattiqjismlarda tashqi taʼsirlar — kuchli impuls magnit maydoni, ultratovush toʻlqinlari kabi taʼsirlar yordamida butunlay yangicha fizik jarayonlar keltirib chiqarish usullarini birinchi boʻlib rivojlantirdi. Uning izlanishlari natijalari asosida yadro nurlarini oʻlchovchi — yarimoʻtkazgich detektorlari, lazerlar, quyosh nurini elektr energiyasiga aylantiruvchi asbob-uskunalarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu asbobuskunalar, fazo va suv osti kemalarida, termoyadro sintezi qurilmalari va boshqalarda keng qoʻllanilyapti. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mu-kofoti laureati (1992).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil