Moʻyqalam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mo`yqalamdan yoʻnaltirildi)

Moʻyqalam, qilqalam — rangtasvir va grafikada, shuningdek, kalligrafiyada boʻyoqni mato, qogʻoz va boshqa asosga surtishda ishlatiladigan asbob. Rassomning asosiy ish quroli. Hayvonlarning junidan dumaloq, yassi, oʻtkir uchli qilib tayyorlanadi. Moyboʻyoq rassomligida dagʻalroq jundan (dumaloq yoki yassi shaklli), yelim rassomligida uzunroq qildan, akvarel, tempera va grafikada mayin (olmaxon, boʻrsiq, qumsichqon) jundan (dumaloq, oʻtkir uchli) tayyorlangan M.lar ishlatiladi. Oʻta mayin va egiluvchan xususiyatli (kolonok tukidan tayyorlangan) M.ni barcha boʻyoklar bilan ishlaganda qoʻllash mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil