Kontent qismiga oʻtish

Mixail Yevgrafovich Saltikov-Shchedrin haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mixail Yevgrafovich Saltikov-Shchedrin haykali — Tverdagi yodgorliklardan biri; yozuvchi va Tver vitse-gubernatori Saltikov-Shchedringa bagʻishlangan bronzadan yasalgan haykal.

Yodgorlik 1976-yil 26-yanvarda Saltikov-Shchedrin tavalludining 150-yilligi munosabati bilan ochilgan. Bu Saltikov-Shchedrinning Rossiyadagi birinchi yodgorligi[1]. Yodgorlik mualliflari: haykaltarosh O.K.Komov, meʼmor N.A.Kovalchuk[1].

Tverskaya maydonida joylashgan[2]. Yodgorlik 3,2 metr balandlikdagi haykali bronzadan yasalgan va yozuvchining oʻtirgan holati tasvirlangan. U 2,8 metr balandlikdagi kulrang sayqallangan grafitdan yasalgan postamentga oʻrnatilgan. Yodgorlikning old tomonida bronza taxta oʻrnatilgan va quyidagi yozuvlar bitilgan: „Mixail Yevgrafovich Saltikov-Shchedrin. 1826-1889“[1].

Yodgorlik atrofida istirohat bogʻi mavjud. Bu yerda kichik granit skameykalar va dekorativ choʻyan lampalar oʻrnatilgan[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Литературная карта Тверского края“. 2021-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Памятник Салтыкову-Щедрину“. Информационный портал Твери. 2021-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Perviy v Rossii pamyatnik Saltikovu-Щedrinu // tver.holme.ru.
  • Pamyatnik Saltikovu-Щedrinu v Tveri // welcometver.ru.